Yangilanish sanasi: 04.11.2022, 13:14

Matbuot xizmati

Ma'lumotnoma

04.11.2022

Joriy yilning 9 oktyabr kuni «Bankir Kundaligi» telegram kanalida «TengeBank ilovasi orqali onlayn kreditga ariza qoldirgan edim» sarlavahasi bilan eʼlon qilingan axborot ilovaga muvofiq oʼrnatilgan tartibda oʼrganib chiqildi. 

Mijoz M.Sobirovga Tenge24 ilovasida onlayn mikroqarz tasdiqlangan edi.

Tasdiqlangandan so'ng mijoz 3 kun ichida "Onlayn mikroqarz" kredit mahsuloti bo'yicha individual shartlarni qabul qilishi va rozilik berishi lozim edi. Ushbu shartlarda kredit miqdori va muddati hamda kredit so'ndirish jadvali ko'rsatilgan, biroq mijoz tomonidan ushbu shartlarga rozilik (tasdiq) bildirilmagan. Ushbu arizaning kutish vaqti tugaganligi sababli ariza bekor qilingan va "rad etish" holatiga o'tkazilgan. 

Bank arizani qayta ko'rib chiqishga roziligini bildiradi va mijozga mobil ilovaning "Onlayn mikroqarz" qismida qayta ariza topshirishi lozimligini xabar qiladi.