Bir martalik to'lovlar
Afzalliklar
- “Talab qilib olguncha” joriy hisobraqamini quyidagi valyutalarda ochish: so‘m, tenge, AQSh dollari, yevro yoki Rossiya rubllari va ular bo‘yicha amaliyotlar;
- Valyuta-ayirboshlash amaliyotlari;
- O’zbekiston banklariga bank o‘tkazmalari va xalqaro bank o‘tkazmalari;
- «MUNIS» kommunal xizmatlar to‘lovi (gaz, elektr energiyasi, isitish, sovuq suv, maxsustrans);
- Davlat xizmatlari, soliq to‘lovlari va oliy o‘quv yurtlari shartnomalarini to‘lash;
- Kreditlarni uzish;
- Muddatli depozit ochish va to‘ldirish;
- Mobil aloqa, kabel televideniesi, internet provayderlar va «PAYNET» xizmatlari yetkazib beruvchilarining xizmatlarini to‘lash;
- Kartalar bo‘yicha amaliyotlar.
- Bank kassasiga naqd ko‘rinishda ham Mijoz tomonidan, ham uchinchi shaxslar tomonidan kiritilgan pullarni hisobraqamga hisoblab kiritish hamda hisobraqamdan Mijozga naqd pullar berish;
- Hisobraqamga Mijoz tomonidan uning Bankda va boshqa banklarda ochilgan bank hisobraqamlaridagi pullarni hamda uchinchi shaxslar tomonidan Mijoz foydasiga o‘tkaziladigan pullarni hisoblab kiritish;
- Mijozning to‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha hisobraqamdan Mijozning Bankda va boshqa banklarda ochilgan bank hisobraqamlariga, shuningdek uchinchi shaxslarning foydasiga ham O’zbekiston Respublikasi banklariga, ham undan tashqaridagi banklarga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish;
- Tovarlar, shartnoma bo‘yicha ta’lim olish, tibbiy xizmatlar va boshqa xizmatlar uchun yuridik shaxslar foydasiga hisobraqamdan to‘lash;
- Bank omonati bo‘yicha tuzilgan shartnomalar asosida hisobraqamdagi pullarni Mijozning Bankdagi muddatli omonatlariga o‘tkazish;
- Mijoz so‘rovi asosida hisobraqam bo‘yicha ma’lumotnomalar berish.