- Asosiy
- Aksiyadorlar haqida ma'lumot
Aksiyadorlar haqida ma'lumot
ATB "Tenge Bank" ning 100% aktsiyadori - AJ «Qozog`iston Halq Banki (Halyk Bank)»
Bank Tarixi
AJ "Qozog'iston Halq banki" tarixi - bu Qozog'istonning jamg'arma tizimini shakllantirish va rivojlantirish tarixi
1923 yil avgustda Aktyubinsk shahrida birinchi omonat kassasi ochildi, aynan shu lahza Halyk banki tarixining boshlang'ich nuqtasi hisoblanadi.
1941 yil 1 yanvarda Qozog’istonda 1515 ta omonat kassalari mavjud edi. 550 ming fuqaro 114,5 million rubl miqdorida mablag'larni tejashdi
1945 yil oxiriga kelib, Qozog'istonda 316 kishi omonat kassalarida ishlagan
1959 yil oxirida bank tizimini qayta qurish yakunlandi.1961 yil boshiga kelib, 2 805 kassalar mavjud bo'lib, ularda 1770 ta shaxsiy hisobvaraqlarda 322,7 mln. Rubl miqdoridagi omonatlar saqlandi
Respublikaning barcha markaziy omonat kassalarida hujjatlarni arifmetik tekshirish va sintetik hisobni yuritish, balans va ish balansini tuzish mexanizatsiyalashtirildi.
1989 yilga kelib omonat kassalarida aholi omonatlari qoldig'i 3,65 milliard rubldan oshdi. 7,87 milliard rublgacha. yoki 2,2 marta ziyod. Shu bilan bir vaqtda aholi omonatlari soni 4263 mingdan 7273 mingga yoki 1,7 martaga ko'paydgan edi
Yermakdagi zavod va Qozog'iston Respublikasi Omonat banki birgalikda Qozog'istonda "Иртыш-card" to'lov kartalarini chiqazdilar
Bank tarkibiga 2400 ta muassasa, shu jumladan filiallar, jamg'arma kassalari kirar edi. Bankda jami 14 mingga yaqin kishi ish bilan ta'minlangan edilar.
1995 yil oxiriga kelib, Qozog'iston Xalq Banki respublikadagi eng yirik operatsion bankka aylandi.
1998 yil iyul oyida Aktsiyadorlarning Umumiy yig'ilishining qaroriga binoan bank davlatning 100% ishtirokidagi yopiq aktsiyadorlik jamiyatidan «Qozog'iston Xalq omonat banki» ochiq aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.
Internet-bankingni joriy etish. Halyk Bank Qozog'istonda birinchi bo'lib Internet texnologiyalariga asoslangan yangi omonat tizimini joriy etdi
2002 yil iyun oyida Xalq banki millioninchi to'lov kartasini chiqardi
22.02.12 da, Euromoney xalqaro nashri Qozog'istonda bo'lib o'tgan "2013 yildagi tadqiqotlar: Xususiy bank ishi va bank farovonligini boshqarish" tanlovida bankning "Kapitalni boshqarish xizmatlari" nominatsiyasida mukofotlanganligini e'lon qildi.
09.01.13 da "Halyk Finance", Qozog'iston Xalq bankining sho'ba korxonasi, AJ "KazMunaiGas Exploration Production" ning oddiy aktsiyalari bo'yicha derivativlar bilan bitim tuzdi.
09.04.13da Halyk Bankining brend qiymati 266 million AQSH dollarni tashkil etdi.
26.02.14 da AJ "Qozog'iston Xalq Banki" HSBC Bank plc bilan Halyk Bank HSBC ning Qozog'istondagi sho'ba korxonasi HSBC SB ning 100% aktsiyalarini sotib olish to'g'risida shartnoma tuzdi.
27.02.14 Global Finance tadqiqotining natijalariga ko'ra Halyk Finance "2014 yilda Qozog'istonning eng yaxshi investitsiya banki" nominatsiyasida g'olib bo'ldi
Akmola viloyat bolalar kasalxonasida "Hayot bilan nafas" loyihasi doirasida zamonaviy jihozlarni reanimatsiya bo'limiga taqdim qilish marosimi bo'lib o'tdi. Qurilma yangi tug'ilgan chaqaloqlarga yordam berish uchun mo'ljallangan
04.24.14 - AJ "Qozog'iston Taraqqiyot Banki", keyinchalik xususiy korxonalarni kreditlash uchun 7 mlrd. Tenge miqdorida AJ "Qozog'iston Xalq banki" bilan bank krediti shartnomasini tuzdi
16.07.14 - Standard & Poor's Bankning uzoq muddatli kredit reytingini "BB" dan "BB +" ga ko'tardi. Prognoz "Barqaror". Hozirgi vaqtda bu Qozog'istonning ikkinchi darajali banklari (Tijorat banklari) orasida eng yuqori reytinglardan biridir.
07.24.14 - Fitch Ratings Halyk Finance ga milliy va xorijiy valutadagi emitentning uzoq muddatli defolt reytinglarini (VR), "Barqaror" prognozi, "B" da xorijiy va milliy valyutadagi qisqa muddatli defolt reytinglarini berib, qo'llab-quvvatlash reytingini 3 deb baholadi.
13.08.14 - Asian Banking and Finance Banking Awards 2014 tomonidan o'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, Xalq banki "2014 yilda eng yaxshi chakana bank" nominatsiyasida g'olib bo'ldi
2014 yil 15 oktyabrda Tbilisida - AJ "Xalqbank Gruziya" ning yangi filiali ochildi.
2014 yil 3 dekabr kuni Qozog'istonda HSBC Bank plc va Qozog'iston Xalq banki o'rtasida Qozog'iston HSBC sho'ba korxonasi HSBC Bank Kazakhstan SB 100% ulushini sotib olish to'g'risida bitim tuzildi
06.04.15 - "EMEA Finance" jurnali "Halyk Finance" ga "Qozog'istonning 2014 yildagi eng yaxshi investitsiya banki" unvonini berdi
2015 yil 16 yanvar kuni "Qozog'iston temir yo'llari" NK "Qozog'iston Xalq banki" bilan hamkorlikda yuk jo'natuvchilarning shaxsiy hisob raqamlariga pul mablag'larini kiritish uchun onlayn xizmatni joriy etdi.
2015 yil 19 mayda Halq banki Forbes jurnali tomonidan tuzilgan dunyodagi ikki mingta yirik jamoat kompaniyalarining yillik global reytingiga kiritilgan yagona Qozog`istondagi kompaniyadir
Visa va Gruziyadagi Halyk Bank mobil ekvayring (mPOS) bo'yicha hamkorlik loyihasi boshlanganligini e'lon qilishdi
09.07.15 - Londonda "Euromoney" nashrining 2015 yildagi maxsus yutuqlari uchun Markaziy va Sharqiy Yevropa kompaniyalariga mukofotlarni topshirish marosimi bo'lib o'tdi. Qozog'iston moliyaviy institutlari ichida eng yaxshisi "Qozog'iston Xalq Banki" bo'ldi
10.13.15 - Qozog'iston Xalq banki AXBT ISO / IEC 27001: 2005 standarti talablariga muvofiqligini tasdiqladi va nazorat auditi bilan bir vaqtda ISO / IEC 27001: 2013 xalqaro standartining yangi versiyasiga o'tkazildi.
10.13.15 - "Qozog'iston Xalq Banki" yangi yechim - myHalyk ilovasini taqdim etish to'g'risida e'lon qildi
2015 yil 7 dekabr kuni Qozog'iston Xalq Banki "Qozog'istondagi Yil Banki" unvoniga sazovor bo'ldi
12.25.15 - AJ "Qozog'iston Xalq Banki" 1 000 000 ta MasterCard to'lov kartalari emissiyasini ro'yxatdan o'tkazganini e'tirof etdi