Yangilanish sanasi: 06.11.2024, 16:59
Matbuot xizmati
21.07.2025
Bank plastik kartalari haqida
Hurmatli mijozlar!
Ommaviy oferta shartlariga ko’ra, Mijoz bank kartasida 12 oy davomida muvaffaqiyatli tranzaksiyalar amalga oshirilmagan bo’lsa, Bank tegishli bank kartasini va unga bog’liq barcha hisobvaraqlarni bir tomonlama yopish huquqiga ega.
Kartaga bog’liq hisobvaraqlarda pul mablag’lari bor bo’lgan holatda:
- Ushbu mablag’lar avtomatik ravishda mijozning bankdagi amaldagi joriy hisobraqamiga o’tkaziladi(talab qilib olinguncha omonat);
- Mijozda amaldagi joriy hisobraqam bo’lmagan holatda, Bank pul mablag’larini mijoz murojaat qilishiga qadar o’zining ichki talab qilingungacha hisobraqamlarida ushlab turish huquqiga ega.
Bank Ommaviy ofertasi va O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida mijozlarni ogohlantirishning to’g’ri usuli sifatida belgilangani tufayli Bank kartalari yopilishi va mablag’lar o’tkazilishi haqidagi xabarnoma tegishli ma’lumotlarni Bankning rasmiy saytiga joylash orqali bajariladi.