Yangilanish sanasi: 20.05.2021, 14:53

Matbuot xizmati

Tenge Bank Samarqandda BXM ochdi

24.12.2020

2020-yil 24-dekabr kuni Toshkent - "Tenge Bank" ATB Samarqand shahar markazidagi barcha mijozlar uchun o'z eshiklarini ochdi va shu bilan O'zbekiston hududlarida mavjudlik darajasini oshirdi. BXM yuridik va jismoniy shaxslarga to'liq bank xizmatlarini ko'rsatadi.

Samarqand filiali mijozlarga tadbirkorlar uchun kreditlar, mikroqarzlar, avtokreditlar, ipoteka kreditlarni, pul o’tkazmalari, Uzcard va HUMO kartalari taklif etadi.

Manzil: Samarqand shahri, Gagarin ko'chasi, 47B, telefon raqam: 1245.

***

"ATB Tenge Bank" universal bank bo'lib, zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda barcha toifadagi korporativ va chakana mijozlarga moliyaviy xizmatlarni taqdim etadi. Bank "Qozog'iston Xalq banki" OAJning 100 foizli sho'ba korxonasi hisoblanadi. Ofis quyidagi adres bo’yicha joylashgan: Toshkent shahri, 100007, Yashnobod tumani, Parkent ko’chasi, 66. Telefon: +998(71) 2038899, info@tengebank.uz, Facebook: tengebank.uz, Telegram: tengebankuz.

АJ “Qozog'iston Xalq Banki” - Markaziy Osiyoning eng yirik tijorat banki bo'lib, bozorda 95 yildan ortiq vaqt davomida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib, asosiy ko'rsatkichlar bo'yicha mamlakatda yetakchilik qilmoqda. Bank Halyk guruhiga kiradi va o'z mijozlariga keng ko'lamli xizmatlarni taklif etadi (bank xizmatlar, sug'urta, lizing, broker xizmatlari va aktivlarni boshqarish, inkassatsiya va boshqalar). Bank, shuningdek, Rossiya, Gruziya, Qirg'iziston, Tojikiston va yaqinda O'zbekistonda o'z operatsiyalarini amalga oshirmoqda