2020 yil 22-iyul, Toshkent - Moody's xalqaro reyting agentligi tomonidan ATB “Tenge Bank”ga milliy valyutadagi omonatlarning uzoq muddatli reytingi B1 darajasida va chet el valyutasida B2 darajasida reyting berildi. Omonatlar bo'yicha reytinglar istiqbollik ko’rsatkichi "barqaror" bo’lib bankning kelgusi 12-18 oylardagi barqaror mavqeini va moliyaviy ko'rsatkichlarini tasdiqlaydi.
Shu o’rinda, Moody's tomonidan milliy valyutadagi kontragentlarning uzoq muddatli risklar reytingi (CRR) Ba3 darajasida, horijiy valyutadagi CRR - B1 darajasida va uzoq muddatli kontragentlarning riski bahosi B3 darajasida belgilandi.
Tenge Bank 2019 yil may oyida tashkil topilgan bo’lib, o'z faoliyati davomida biznes va chakana savdo segmentlarida mijozlarni jalb etish orqali va yagona aktsioner – “Qozog’iston Xalq Banki” OAJ (Xalq Bank) tomonidan kapital kiritish va likvidlikni to'ldirish shaklida qo'llab-quvvatlash orqali o'z faoliyatini faol ravishda kengaytirib kelmoqda. "2020 yilning aprel oyida Tenge Bank kapitali 223 mlrd so'm miqdorida qo'shimcha ravishda oshirilganidan so'ng, yalpi kapitalning yetarlilik darajasining koeffitsienti 30 aprel 2020 yil sanasiga 89% ni tashkil etdi, likvid aktivlar esa, hisobot davrining shu sanasiga, jami aktivlarni 50 dan bir oz ortiqrog’ini tashkil etdi", - deyiladi agentlik bayonotida.
Moody's agentligi tomonidan ta'kidlanishicha, b1 darajasidagi tuzatilgan bazaviy kredit bahosi (BCA) bosh bank tomonidan filialni qo'llab-quvvatlash ehtimoli juda yuqori ekanligini anglatib, bu o’z o’rnida tuzatilgan BCA va milliy va xorijiy valyutadagi uzoq muddatli omonat reytingi darajasi, b3 darajadagi BCA-ga nisbatan ikki pog’ona yuqori bo’lishiga sabab bo’ladi.
Moody's agentligi ta'kidlashicha, Tenge Bankning B2 darajasidagi xorijiy valyutadagi uzoq muddatli omonat reytingi O'zbekiston banklari uchun xorijiy valyutadagi omonatlar reytingining B2 darajasi bilan chegaralanadi.
Tenge Bankning uzoq muddatli omonat reytinglari bo'yicha barqaror istiqbol ko’rsatkichi Moody's agentligining hozirgi koronavirus pandemiyasi tufayli ortib borayotgan xatarlar, mahalliy bozor uchun yangi biznes modelining kiritilishi va bankning agressiv o'sishi rejalari aktsiyadorlar ko'magida yetarlicha muvozanatli bo'ladi degan fikrni aks ettiradi.
“Tenge Bank” ning ushbu reytinglari O'zbekistondagi banklar ichidagi eng yuqori reytinglardan biridir. Reytingni tayinlash uchun Moody's agentligi tomonidan aktsiyador ishtirokida qurilgan ilg'or risk-menejment tizimi, ichki audit va komplayens boshqaruvi, bank tomonidan qabul qilingan O'rta muddatli rivojlanish strategiyasi, shuningdek biznes ko'lamini, mahsulotlar va faoliyat geografiyasini kengaytirish bo'yicha rejalar o'rganib chiqilgan", deb izoh berdi Bankning Boshqaruv raisi Aslan Talpakov.
Shuningdek, ta'kidlanishi bo’yicha: "Bank xalqaro miqyosda tan olingan reyting agentliklaridan biri tomonidan yuqori reytingning berilishi yirik korporativ mijozlar bilan sheriklik aloqalarini kengaytirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi va bankka bo'lgan ishonchning o'sishiga yordam beradi".
Belgilangan reytinglarning to'liq ro'yxati bilan www.moodys.com ilova orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
***
ATB “Tenge Bank” - zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda korporativ va chakana mijozlarning barcha toifalariga moliyaviy xizmatlar ko'rsatuvchi universal bank. Bank "Qozog'iston Xalq banki" AJ (Halyk Bank) ning 100% sho'ba korxonasi hisoblanadi. Ofis quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahar, 100007, Yashnabod tumani, Parkent ko'chasi, uy 66. Murojaat uchun telefon: +998(78) 1209790, info@tengebank.uz, Facebook: tengebank.uz, Telegram: tengebankuz.
АJ “Qozog'iston Xalq banki” - Markaziy osiyoning eng yirik tijorat banki bo'lib, bozorda 95 yildan ortiq vaqt davomida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib, asosiy ko'rsatkichlar bo'yicha mamlakatda yetakchilik qilmoqda. Bank Halyk guruhiga kiradi va o'z mijozlariga keng ko'lamli xizmatlarni taklif etadi (bank xizmatlar, sug'urta, lizing, broker xizmatlari va уaktivlarni boshqarish,inkassatsiya va boshqalar). Bank, shuningdek, Rossiya, Gruziya, Qirg'iziston, Tojikiston va yaqinda O'zbekistonga o'z operatsiyalarini amalga oshirmoqda.