Biz moliyaviy savodxonlikni oshiramiz!
Yaqinda bizning xodimlarimiz bir nechta maktablarga tashrif buyurib, quyidagi mavzularda moliyaviy savodxonlikni oshirish bo'yicha ochiq interaktiv darslar o'tkazdilar:
- Bank, kredit, ipoteka, omonat nima?
- Banklar tomonidan chiqariladigan kartalar turlari;
- Firibgarlardan himoyalanish usullari.
Mahorat darslari yakunida o'quvchilar viktorinada ishtirok etishdi va Bank tomonidan esdalik sovg‘alarga ega bo‘lishdi.
61, 110, 145, 161, 282 va 300 (Toshkent), 6 (Farg‘ona), 7, 51 (Samarqand) sonli maktablarga qabul va faol ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiramiz!
Biz bilan rivojlaning!
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining moliyaviy savodxonlik bo’yicha axborot-ta’lim veb-saytiga havola.