Yangilanish sanasi: 27.09.2023, 15:57

Matbuot xizmati

"100 ta xayrli ish": Tenge Bank maktab o'quvchilarini o'quv yiliga tayyorladi

31.08.2023

Yangi o‘quv yili arafasida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston, Andijon, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridagi kam ta’minlangan oilalarning 500 nafar farzandiga “Tenge Bank” tomonidan to‘liq maktab to’plamlari sovg‘a sifatida topshirildi.

Tenge Bank Qozog‘iston AJ Halyk Bankning O‘zbekistondagi 100% sho‘ba korxonasi va xalqaro Halyk guruhi tarkibiga kiradi.


Bu yil “Halyk Bank” 100 yoshga to‘ldi va o‘zining yubileyi doirasida Qozog‘iston bo‘ylab ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan “100 xayrli ish” aksiyasini boshladi.


Tenge Bank ham boshlang'ich va o'rta maktab o'quvchilariga maktab to'plamlarini sovg'a qilish orqali ushbu tashabbusni qo'llab-quvvatladi va shu bilan aksiyani kengaytirdi.


Sovg'alarni shakllantirishda o'quv jarayoni qulay bo'lishi va o’quvchilar kunini quvonch bilan boshlashi uchun o'quv qurollarining to'liq to'plami va maktab o'quvchilarining ehtiyojlari inobatga olingan.


“Tenge Bank”dan o‘quv to‘plamlari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi “Mehrli Qo‘llar” Nogironligi bo‘lgan yoshlar va bolalar markazi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatlarga muvofiq tarqatiladi.


To'plam maktab o’quvchilari uchun kerak bo'lgan hamma narsani o'z ichiga oladi: qalam qutisi, daftarlar, qalamlar, flomasterlar, qaychi, bo'yoqlar, albom va maktab sumkasi. Bundan tashqari, bayramona kayfiyat uchun maktab kundalik hayotining qiziqarli sarguzashtlari bilan stikerlar to'plami ishlab chiqildi.


«Alohida qo‘llab-quvvatlash, mehr va e’tiborga muhtoj bolalarga yordam berish juda muhim. Bunday tadbirlarda ishtirok etish bolalarning quvonchi, ma’naviy qoniqishi ko‘rinishida bir zumda o‘z samarasini berishi qimmatlidir. Yangi o‘quv yili boshlanishiga qadar 500 ta maktab to’plami yig‘ib, Toshkent shahri, O‘zbekiston viloyatlari va Qoraqalpog‘istonga jo‘natdik. Ko‘p yillardan buyon butun O‘zbekiston bo‘ylab oilalarga yordam berib kelayotgan “Mehrli qo‘llar” nodavlat notijorat tashkilotining ko‘magi tufayli biz butun mamlakat bo‘ylab 500 oilaning hayotini osonlashtirdik, o‘qishga qo‘shimcha yordam yaratdik», — dedi ATB Tenge Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Tavakkalov.

 

Chiroyli va foydali sovg‘adan tashqari, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan kelgan bolalar va ularning hamrohlari uchun bayram dasturxoni va o‘yin-kulgilar – sovun pufakchalari, animatorlar namoyishi kutilgan edi.


Gulyandon Ro‘zimuhametova, “Mehrli qo‘llar” nodavlat tashkiloti direktori o‘rinbosari

«Biz ko'pincha turli tashkilotlar bilan shunga o'xshash tadbirlarni o'tkazamiz. Hamkorlik uchun Tenge Bankga rahmat. Jumladan, ota-ona qaramog’idan qolgan bolalar uchun ham tadbir uyushtirilgan, ular juda xursand»


Gulnora Maxkamova, Toshkent shahar karlar jamiyati raisi

«Eng hayratlanarli daqiqalardan biri, ochiq va mehribon odamlar borligini anglash edi, ularning samimiy tabassumlari - bu eng qimmatli narsadir. Kichkintoyning quvonchi har bir ota-onaga ajoyib g'ayrat va ruhiy yuksalish baxsh etadi. Yana bir bor Tenge Bank va Merhli Qo‘llar ga shunday xayrli ishga qo‘l urganlari uchun chuqur minnatdorchiligimni bildirmoqchiman!»


Oleg Babushkin, talaba, tadbir mehmoni

«Men ham bir narsani ajratib ko‘rsata olmayman, chunki hammasi zo‘r! Menga animatorlar, pufakchalar namoyishi va taomlar juda yoqdi. Sovg'a ham ajoyib. Katta rahmat!».


Shunday qilib, qo'llab-quvvatlashga muhtoj bolalarni biroz xursand qilish, ularga yordam qo'lini cho'zish, mehr va g'amxo'rlik ko'rsatish o'quvchilarning maktab hayotini osonlashtiradi.

Tenge Bank bunday xayrli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi va keng tarqalgan amaliyot va ko‘pchilik uchun o‘rnak bo‘lishiga umid qiladi.


Tenge Bank zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda barcha toifadagi korporativ va chakana mijozlarga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadigan universal bankdir. Bank Qozog‘iston Xalq Bankining (Halyk Bank) 100 foiz sho’ba korxonasi hisoblanadi.

Xalq Bank Qozog‘istondagi eng yirik tizimli ahamiyatga ega banklardan biri, Halyk Group tarkibiga kiradi va keng mijozlar bazasi, mavjud tarmoqqa ega bo‘lgan Markaziy Osiyodagi yetakchi banklardan biridir.

Halyk Group chakana va korporativ mijozlarga, kichik va o‘rta biznesga bank xizmatlarining to‘liq spektrini, shuningdek, sug‘urta, lizing, brokerlik va aktivlarni boshqarish xizmatlarini taklif etadi. Halyk Group Gruziya, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda ham faoliyat yuritadi.