Yangilanish sanasi: 10.12.2021, 15:55

Matbuot xizmati

Tenge Bank va Yevrosiyo taraqqiyot banki o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

09.12.2021

Tenge Bank va Yevrosiyo taraqqiyot banki (YOTB) o'rtasida O'zbekiston Respublikasi moliya bozorida g'aznachilik operatsiyalari va hamkorlikni amalga oshirish bo'yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

YOTB delegatsiyasining Toshkentga qilgan rasmiy tashrifi doirasida "Tenge Bank" Boshqaruv Raisi Talgat Ayupov va YOTB Boshqaruv Raisi o'rinbosari Daniyar Imangaliyev o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Hujjatga muvofiq, tomonlar g‘aznachilik operatsiyalari, korrespondentlik aloqalari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish niyatida.  Shartnomada, shuningdek, YOTB O'zbekiston Respublikasi valyuta birjasidagi tashkiliy savdolarda ishtirok etishda ko‘maklashishi ko'zda tutilgan.

Istiqbolli kelajak sari ishonchli qadam!

***

“Tenge Bank” ATB - zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda korporativ va chakana mijozlarning barcha toifalariga moliyaviy xizmatlar ko'rsatuvchi universal bank. Bank "Qozog'iston Xalq banki" AJ (Halyk Bank) ning 100% sho'ba korxonasi hisoblanadi. Ofis quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahar, 100007, Yashnabod tumani, Parkent ko'chasi, uy 66. Murojaat uchun telefon: 1245, info@tengebank.uz, Facebook: tengebank.uz, Telegram: tengebankuz.