Yangilanish sanasi: 28.06.2021, 15:05

Matbuot xizmati

Tenge Drive yangi progressiv sotuv markazi ochildi

21.06.2021

"Tenge Bank" ATB poytaxtda yashovchilar va mehmonlarga, avtotransport vositalarini kreditlashga ixtisoslashgan Tenge Drive yangi progressiv markaziga tashrif buyurishni taklif etadi.

Tenge Drive ga kelib, mijoz 60 daqiqada bir joyning o’zida avtomobil tanlash (Skoda, Chevrolet yoki Kia), shartnoma tuzish, avtokredit va su’gurta polisini rasmiylashtirish imkoniyatiga ega. Endi bir necha kun sarflab, shahar bo’ylab yo’l kezib, muammoning yechimini qidirish shart emas.

Avtokreditning shartlari:

  • muddati — 48 oygacha;
  • boshlang’ich badal 20% dan;
  • ustamasi yillik 22,5% dan. 

Qo’shimcha bonus — Tenge Drive da avtomobil sotib olib, mijoz sov’gaga motor moyi va avtosu’gurtaga ega bo’ladi.

“Bugun biz dinamik, tez o’zgarayotgan dunyoda yashayapmiz. Taraqqiyot hayotning barcha sohalarida, jumladan, iste’mol madaniyatida sodir bo’lmoqda. Iste’molchilarning tamoyillari birinchi o’ringa chiqadi: “hozir va shu yerda”. Shu tamoyilga rioya qilgan holda, biz Tenge Drive ni ochdik”, – deb aytdi  boshqaruv raisining o’rinbosari Ulug’bek Tavakkalov.

Individual harakatlanish va zamonaviy trendlar ixlosmandlariga ham sovg’a tayyorlangan. Tenge Drive da bir zaryadda, bir kun davomida, shahar bo’ylab, ekologik elektroskuterlar yordamida sayohat qilishlari mumkin.

Mijozlarga tajribali maslahatchi bilan bepul test-drayv imkoniyati yaratib beriladi.

"Tenge Bank" ATB “hozir va shu yerda” tushunchasini amalga oshirishda davom etadi. U bank amaliyoti va iste’mol madaniyatini ko’rib chiqishga olib keladi.

Tenge Drive manzili: Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko’chasi, 21A. Tenge Bank ofisining manzili: Yashnobod tumani, Parkent ko’chasi, 66.

***

“Tenge Bank” ATB - zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda korporativ va chakana mijozlarning barcha toifalariga moliyaviy xizmatlar ko'rsatuvchi universal bank. Bank "Qozog'iston Xalq banki" AJ (Halyk Bank) ning 100% sho'ba korxonasi hisoblanadi. Ofis quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahar, 100007, Yashnabod tumani, Parkent ko'chasi, uy 66. Murojaat uchun telefon: 1245, info@tengebank.uz, Facebook: tengebank.uz, Telegram: tengebankuz.