Yangilanish sanasi: 27.08.2024, 12:11

Matbuot xizmati

Muhim ma'lumot!

23.08.2024

Hurmatli mijozlar!

Tenge Bank yangi avtomatlashtirilgan bank tizimiga o'tishi munosabati bilan biz sizga quyidagilarni ma'lum qilamiz:

  • Tenge Bank bankomatlarida operatsiyalar (naqd pul yechish va to'ldirish, valyuta ayirboshlash) 2024-yil 26-avgustdan 4-sentyabrgacha vaqtincha ishlamaydi;
  • Jismoniy va yuridik shaxslar uchun Bank savdo nuqtalarida, hamda Tenge24 va Tenge Business ilovalarida kredit olish uchun ariza berish 26-avgust soat 18:00 dan 4-sentyabrgacha vaqtincha ishlamaydi;
  • Jismoniy va yuridik shaxslar uchun offlayn/onlayn kreditlar berish 2024-yil 29-avgust soat 17:00 dan 4 sentyabrgacha vaqtincha ishlamaydi;
  • Xalqaro pul o'tkazmalari tizimlari bo'yicha pul o'tkazmalarini yuborish va qabul qilish 2024-yil 27-avgust soat 11:00 dan 5-sentabrgacha vaqtincha ishlamaydi;
  • Kartalar ochish va omonatlar ochish (offlayn/onlayn) 2024-yil 28-avgust soat 18:00 dan 4-sentyabrgacha vaqtincha ishlamaydi;
  • Qozog‘iston Respublikasidan pul o‘tkazmalarini qabul qilish va Qozog‘iston Respublikasiga o‘tkazmalarni Halyk Bank kartalariga Tenge24 tizimida yuborish 2024-yil 28-avgust soat 18:00 dan 4-sentyabrgacha vaqtincha ishlamaydi;
  • Omonatlar va hisobraqamlar bo'yicha operatsiyalar (mablag'larni to'ldirish va yechib olish) Tenge24 mobil ilovasida 2024-yil 30-avgust soat 12:00 dan 4-sentyabrgacha vaqtincha ishlamaydi;
  • Kredit bo'yicha oylik to'lovlar (so'ndirish) istalgan ilovalarda 2024-yil 30-avgust soat 12:00 dan 4-sentyabrgacha vaqtincha ishlamaydi;
  • To'lovlar va o'tkazmalar, shuningdek kartalar, kreditlar bo'yicha operatsiyalar Tenge24 ilovasida 2024-yil 30-avgust soat 12:00 dan 4 sentyabrgacha vaqtincha ishlamaydi;
  • To'lovlar va o'tkazmalar, shuningdek boshqa operatsiyalar Tenge Business MBX tizimida (hamda mobil ilovasida) 2024-yil 30-avgust soat 12:00 dan 4 sentyabrgacha vaqtincha ishlamaydi.


Bank xizmatlari markazlarida mijozlarga xizmat ko'rsatish 2024-yil 30-avgust 12:00 gacha amalga oshiriladi.

Zarur operatsiyalarni oldindan amalga oshirishingizni so'raymiz.

Tenge Bank kartalari bilan terminallarda to'lov amalga oshirish, boshqa ilovalarda o'tkazmalar va boshqa bankomatlarda naqd pul bilan operatsiyalar amalga oshirish odatiy rejimda kechayu-kunduz mavjud bo'ladi.

Savollaringiz bo'lsa 1245 raqami orqali bizga qo'ng'iroq qiling yoki qo'llab-quvvatlash xizmatiga yozing.  

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.