Yangilanish sanasi: 21.12.2023, 17:29

Matbuot xizmati

Tenge24 ilovasidagi kartalar o'rtasida o'tkazmalar shartlari o'zgarishi haqida

21.12.2023

Hurmatli mijozlar!

2024-yil 8-yanvardan boshlab Tenge24 ilovasida kartalar o'rtasida o'tkazmalar bo'yicha yangi tariflar kuchga kirishi haqida xabar beramiz.

Endi Tenge Bank Mastercard kartalaridan boshqa banklarning Uzcard kartalariga pul o'tkazmalarini yuborish uchun komissiya* 0,4 foizni tashkil etadi.

Sizga shuni eslatib o'tamizki, 2024-yil 31-martgacha Tenge 24'da bepul o'tkazmalar aksiyasi amal qiladi.

Izoh:

Bir foydalanuvchiga bepul o'tkazmalar bo'yicha oylik limit - 10 million so'm, 10 million so'mdan ortiq - komissiya tariflarga asosan belgilanadi. 

Savollaringiz bo'lsa 1245 raqami orqali bizga qo'ng'iroq qiling yoki qo'llab-quvvatlash xizmatiga yozing