Yangilanish sanasi: 03.10.2022, 17:42

Matbuot xizmati

Ma'lumotnoma

03.10.2022

Joriy yilning 28-sentyabr kuni "Sberkassa.uz" telegram kanalida "Tenge Bank ilovasi omonatidagi pullarimni qaytarmayapti" sarlavhasi bilan e'lon qilingan axborot ilovaga muvofiq o'rnatilgan tartibda o'rganib chiqildi.

Fuqaro Karimov T. 2022-yil 20-sentyabr kuni soat 19:09 omonat hisob raqamidan qisman pul yechib olishda yuzaga kelgan xatolik bo'yicha murojaat qilgan. Murojaat 28-sentyabr kunidan boshlab ma'sul bank mutaxassislari tomonidan o'rganish ishlari olib borildi. O'rganish natijasida mijoz omonat hisob raqamidan yechib olgan texnik sabablarga ko'ra pul plastik karta hisob raqamiga kelib tushmaganliki aniqlandi.

2022-yil 28-sentyabr kuni Bankning ma'sul hodimlari tomonidan yuzaga kelgan muammo bartaraf etildi.