Aksiyalar
«Premium Cashback» aksiyasi
Hurmatli mijozlar!
ATB «Tenge Bank» Mastercard bilan hamkorlikda bankimizning Mastercard kartalari egalari uchun «Premium Cashback» aksiyasi boshlanganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. Endi Tenge Bank mijozlari xorijda amalga oshirilgan xaridlar uchun — ham onlayn, ham oflayn — yanada ko‘proq keshbek olish imkoniyatiga ega.
Aksiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida, shu jumladan internet orqali amalga oshirilgan har bir muvaffaqiyatli to‘lov uchun Mastercard kartalari egalari oshirilgan keshbekka ega bo‘ladilar.
Keshbek miqdori karta turiga bog‘liq:
5% keshbek — Mastercard Standard, World va World Digital kartalari uchun
10% keshbek — Mastercard World Black Edition kartasi uchun
Keshbek to‘lovlari ATB «Tenge Bank» tomonidan chiqarilgan Mastercard kartalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlar uchun hisoblanadi. Agar sizda hali Mastercard kartasi bo‘lmasa, uni Tenge24 mobil ilovasi orqali yoki Tenge Bank bo'limlarida rasmiylashtirishingiz mumkin.
Aksiya o‘tkazilish muddati:
2026-yil 6-martdan 2026-yil 31-maygacha (shu kuni ham kiradi).
Eslatmalar:
Har bir kalendar oyida birinchi 10 ta muvaffaqiyatli tranzaksiya hisobga olinadi;
Aksiya xorijdagi onlayn va oflayn xaridlarga tatbiq etiladi;
Bir oy uchun maksimal keshbek miqdori:
600 000 so‘mgacha — Standard, World va World Digital kartalari uchun;
1 200 000 so‘mgacha — World Black Edition kartasi uchun.
Xorijdagi xaridlaringizdan yanada ko‘proq foyda oling! Tenge Bank Mastercard kartalari bilan to‘lovlarni amalga oshiring va keshbek oling.


