SHRIFT O'LCHAMI:
A A A
SAYT RANGI:
Ц Ц Ц
Ovozli yordamchi
O'zb
Kirish
Kirish
Jismoniy shaxslar uchun
Jismoniy shaxslar uchun mobil ilova
Bank xizmatlaridan xavfsiz va qulay foydalanish uchun "Tenge24" mobil ilovasini yuklab oling, ro‘yxatdan o‘ting va foydalaning.
Yuridik shaxslar uchun
Biznes uchun banking
Biznesingiz uchun onlayn banking

Aksiyalar

01.11.2026

11.11 va Black Friday

Hurmatli mijozlar!

«Tenge Bank» ATB Mastercard bilan hamkorlikda «11.11 va Black Friday» aksiyasini boshlaydi. Aksiya doirasida bankimizning Mastercard kartalari egalari xorijdagi xaridlar uchun — onlayn va oflayn tarzda — 10% keshbek olishlari mumkin.

Aksiya muddati: 2026-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha (shu kuni ham).

Aksiyada ishtirok etish shartlari

Aksiyada ishtirok etish uchun «Tenge Bank» ATB tomonidan chiqarilgan Mastercard kartalari orqali O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ro‘yxatdan o‘tgan do‘konlar va internet-do‘konlarda xaridlarni amalga oshirish lozim.

Bitta xaridning minimal summasi 20 AQSh dollarini (bank protsessing tizimi kursi bo‘yicha so‘mdagi ekvivalentida) tashkil etishi kerak.

Keshbek miqdori:

  • Har bir mos keluvchi xarid summasining 10 foizi;

  • Bitta xarid uchun 50 000 so‘mgacha;

  • Aksiya davrida bir mijoz uchun jami 150 000 so‘mgacha.

Keshbek limitlari mijozning JShShIRi bo‘yicha hisoblanadi. Shu sababli bir mijozga tegishli bir nechta Mastercard kartalaridan foydalanish keshbekning maksimal miqdorini oshirmaydi.

Keshbek xarid amalga oshirilgan kartaga xarid qilingan oydan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay o‘tkaziladi.

Kartadan kartaga pul o‘tkazmalari (P2P), naqd pul yechib olish va kvazi-kesh operatsiyalari aksiyada ishtirok etmaydi.

Diqqat: aksiya budjeti tugagan taqdirda, aksiya muddatidan oldin yakunlanishi mumkin.

Aksiya qoidalari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun 1245 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.