SHRIFT O'LCHAMI:
A A A
SAYT RANGI:
Ц Ц Ц
Ovozli yordamchi

Afzalliklari

yillik 0%
yillik 0%
500 000 000 so'mgacha
500 000 000 so'mgacha
boshlang'ich to'lov 30% dan
boshlang'ich to'lov 30% dan

Shartlari

Kreditlash obyekti

"UzAutoMotors" AJ tomonidan ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar - Onix, Tracker

Rasmiylashtirish usuli
"Tenge Bank" ATB ofislarida oflayn

Boshlang'ich to'lov va ustama
Avtomobil modeli
Boshlang'ich to'lov
Muddati 
Ustama
Onix
30%
36 oy
0%
40%
44 oy
0%
Tracker
30%
30 oy
0%
40%
36 oy
0%
Maksimal miqdor

500 000 000 so'mgacha
Muddati
44 oygacha
Valyuta
so'm
Qarz oluvchi

− jismoniy shaxslar - 21 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lganO‘zbekiston Respublikasi fuqarolari/rezidentlari, bunda 60 yosh bankka murojaat qilish sanasidan oldingi uzluksiz 6 oydan kam bo‘lmagan, lekin 12 oydan ko‘p bo‘lmagan davr uchun o‘z faoliyatidan daromadga (tasdiqlangan ish haqi, pensiya, jamg‘arilgan pensiya badallari, to‘langan soliqlar va boshqa daromadlar, shu jumladan bank hisobvaraqlariga tushumlar, tranzaksiya tushumlari) ega bo‘lgan kredit muddatining oxirgi ish kunidagi holatga ko‘ra eng yuqori yosh hisoblanadi.

− jismoniy shaxslar - 25 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari/rezidentlari, bunda 60 yosh kredit muddatining oxirgi ish kunidagi holatga ko‘ra eng yuqori yosh hisoblanadi, ularni o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida birinchi marta ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 6 oydan oshmaydi.
Kеchiktirilgаn аsоsiy qаrz uchun ustama

yillik 40% 
To’lаsh usuli*

  • differensial to'lov;
  • annuitet to'lov.
  • *Bank va Qarz oluvchining kelishuvi asosida belgilanadi
Zarur hujjatlar

    • shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
    • o‘zini o‘zi band qilgani to‘g‘risidagi ma’lumotnoma
    • avtomobil sotib olish shartnomasining nusxasi
  • agar mijoz (Qarz oluvchi) turmush qurgan bo’lsa, qo’shimcha hujjatlar zarur bo’ladi:
    • turmush o'rtog’ining pasporti (nusxa hujjat aslidan olinadi);
    • nikoh tuzilganlik haqida guvohnoma “FHDYo” (nusxa hujjat aslidan olinadi);
    • Bank tomonidan avtotransport vositasini garovga olinishida  turmush orto’gining roziligi haqida Bank binosida yozgan arizasi.
Kredit ta'minoti
kredit mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan avtotransport vositasining garovi, garov shartnomasini rasmiylashtirish yo‘li bilan, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, shuningdek, Garov ta’minotiga qo‘yiladigan talablarga va garovni rasmiylashtirishda hujjatlar ro‘yxatiga muvofiq va kreditni to‘lamaslik xavfini sug‘urta qilish polisi

Izoh:

*Jismoniy shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari/rezidentlari, ariza ko‘rib chiqilgan sanada 24 yoshga to‘lmagan (shu jumladan) bo‘lsa, Birgalikda qarz oluvchining ishtiroki majburiy

1. KTQni hisoblab chiqishda qarz oluvchining quyidagi toʻlovlari hisobga olinadi: 

  • asosiy qarz va foizlar boʻyicha toʻlovlar;
  • bank foydasiga amalga oshiriladigan toʻlovlar - agar bunday toʻlovlar shartnoma shartlariga muvofiq qarz oluvchining majburiyatlariga kirsa va/yoki kredit yoki qarz berilishi bunday toʻlovlarni amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlsa;
  • uchinchi shaxslar foydasiga amalga oshiriladigan toʻlovlar, agar bunday toʻlovlar shartnoma shartlariga muvofiq qarz oluvchining majburiyatlariga kirsa, shu jumladan quyidagi toʻlovlar:
    • sugʻurta tashkiloti foydasiga amalga oshirilgan toʻlovlar, agar sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta hodisasi yuzaga kelgan taqdirda naf oluvchi boʻlib bank hisoblansa;
    • qarz oluvchining majburiyatlari taʼminotiga qabul qilingan va garovga qoʻyuvchining ixtiyorida qoladigan garov predmetini garov shartnomasi boʻyicha sugʻurta qilishda qarz oluvchi tomonidan sugʻurta tashkilotining foydasiga amalga oshirilgan toʻlovlar;
  • qarz oluvchi tomonidan kafolat (kafillik) olish uchun kafolat beruvchiga (kafilga), shuningdek garovga topshirilayotgan mulkni baholash uchun baholovchi tashkilotga toʻlangan toʻlovlar;
  • mijozlarni jalb qilish, ular tomonidan kredit yoki qarz olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish, ushbu hujjatlarni bankka topshirish, kredit yoki qarzlarni qoplash hisobiga bank mijozlaridan toʻlovlar va pul oʻtkazmalarini qabul qilish boʻyicha bankka xizmat koʻrsatadigan tashkilotlar (vositachilar) hisobiga amalga oshirilgan toʻlovlar.  Bank tomonidan KTQ koʻrsatkichining hisob-kitobi shartnoma muddati tugagunga qadar mazkur bandda nazarda tutilgan barcha toʻlovlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.  

 

Qanday rasmiylashtiriladi?

1

Avtomobilni tanlang, kreditga bo'lgan ehtiyojni aniqlang

2

Bankning istalgan bo'limida ariza qoldiring

3

3 kun ichida Bank javobini oling

Mаslаhаt оlish uchun tеzkоr ariza