Onlayn mikroqarz
Afzalliklari
Shartlari
| Ustama | yillik 30% dan yillik 45% gacha |
| Minimal miqdor | 1 000 000 so'm |
| Maksimal miqdor | 90 000 000 so'm |
| Tаqdim etish shаkli | "Tenge Bank" ATB da ochilgan hisob raqamiga pul mablag'lari o'tkazish orqali |
| Minimal muddat | 6 oy |
| Maksimal muddat | 36 oygacha |
| Valyuta | so'm |
| Qarz oluvchi | jismoniy shaxslar – 21 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan O’zR fuqarolari/istiqomat qiluvchi, bunda 60 yosh bankka murojaat qilish sanasidan oldingi uzluksiz 6 oydan kam bo‘lmagan, lekin 12 oydan ko‘p bo‘lmagan davr uchun o‘z faoliyatidan daromadga (tasdiqlangan ish haqi, pensiya, jamg‘arilgan pensiya badallari, to‘langan soliqlar va boshqa daromadlar, shu jumladan bank hisobraqamlariga tushumlar, tranzaksiya tushumlari) ega bo‘lgan kredit muddatining oxirgi ish kunidagi holatga ko‘ra eng yuqori yosh hisoblanadi. |
| Kеchiktirilgаn аsоsiy qаrz uchun ustama | kredit foiz ustamasining 1.5 barobari miqdorida, krеdit bo’yichа kеchiktirilgаn qаrzdоrlikning qоldig’igа hisоblаnаdi |
| To‘lov usuli | annuitet to‘lov |
| Kredit ta’minoti | Sug‘urta polisi |
| Mikroqarz olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar |
|
Izoh:
*Tenge24 ilovasida ochilgan hisob orqali (HUMO Virtual, Uzcard Virtual, Mastercard Virtual kartalari orqali).
1. KTQni hisoblab chiqishda qarz oluvchining quyidagi toʻlovlari hisobga olinadi:
- asosiy qarz va foizlar boʻyicha toʻlovlar;
- bank foydasiga amalga oshiriladigan toʻlovlar - agar bunday toʻlovlar shartnoma shartlariga muvofiq qarz oluvchining majburiyatlariga kirsa va/yoki kredit yoki qarz berilishi bunday toʻlovlarni amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlsa;
- uchinchi shaxslar foydasiga amalga oshiriladigan toʻlovlar, agar bunday toʻlovlar shartnoma shartlariga muvofiq qarz oluvchining majburiyatlariga kirsa, shu jumladan quyidagi toʻlovlar:
- sugʻurta tashkiloti foydasiga amalga oshirilgan toʻlovlar, agar sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta hodisasi yuzaga kelgan taqdirda naf oluvchi boʻlib bank hisoblansa;
- qarz oluvchining majburiyatlari taʼminotiga qabul qilingan va garovga qoʻyuvchining ixtiyorida qoladigan garov predmetini garov shartnomasi boʻyicha sugʻurta qilishda qarz oluvchi tomonidan sugʻurta tashkilotining foydasiga amalga oshirilgan toʻlovlar;
- qarz oluvchi tomonidan kafolat (kafillik) olish uchun kafolat beruvchiga (kafilga), shuningdek garovga topshirilayotgan mulkni baholash uchun baholovchi tashkilotga toʻlangan toʻlovlar;
- mijozlarni jalb qilish, ular tomonidan kredit yoki qarz olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish, ushbu hujjatlarni bankka topshirish, kredit yoki qarzlarni qoplash hisobiga bank mijozlaridan toʻlovlar va pul oʻtkazmalarini qabul qilish boʻyicha bankka xizmat koʻrsatadigan tashkilotlar (vositachilar) hisobiga amalga oshirilgan toʻlovlar. Bank tomonidan KTQ koʻrsatkichining hisob-kitobi shartnoma muddati tugagunga qadar mazkur bandda nazarda tutilgan barcha toʻlovlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
2. KTQ hisob-kitobiga quyidagilar kiritilmaydi:
- qarz oluvchining uchinchi shaxslar foydasiga amalga oshiradigan toʻlovlari, mazkur Tartibning 1-bandida koʻrsatilgan toʻlovlar bundan mustasno;
- qarz oluvchining shartnoma shartlarini bajarilmasligi bilan bogʻliq toʻlovlari, shu jumladan neustoyka va boshqa turdagi jarimalar.
- bank plastik kartalaridan foydalangan holda berilgan kreditlar (qarzlar) boʻyicha toʻlovlar, xususan:
- valyuta hisobvaragʻidan (ajratilgan kredit valyutasidan) farqli oʻlaroq, boshqa valyutada amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha undirilgan komissiyalar;
- bank kartasini chiqarish va unga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq komissiyalar;
- kredit (qarz) summalarini bankomatlardan foydalangan holda naqd pulda olganligi uchun toʻlangan komissiyalar.
KTQni hisoblashda verguldan keyin bir belgigacha yaxlit qilib hisoblanadi. Agar verguldan keyingi ikkinchi belgi "5" ga teng va undan yuqori boʻlsa, u holda ikkinchi belgi bir birlikka oshiriladi. Masalan: KTQ koʻrsatkichi 18,66 ni tashkil qildi. U yaxlit qilib hisoblangach - 18,7 hosil boʻladi.
Har bir berilayotgan kreditning to'liq qiymati to'g'risidagi ma'lumot kredit shartnomalari tuzilgunga qadar Qarz oluvchilarga atroflicha tushuntiriladi.
Kredit kalkulyatori
Kredit qanday rasmiylashtiriladi?
Identifikatsiyadan o'ting
Uydan chiqmasdan 5 daqiqada arizani onlayn rasmiylashtiring!
Ko'p beriladigan savollar
OneID — bu sizning shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish uchun ruxsatdir.
Xavfsizlik talablarining yangilanishi sababli endi kredit arizasini davom ettirish uchun siz OneID tizimi orqali shaxsiy ma’lumotlaringizga kirishga ruxsat berishingiz lozim.
Bu sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish maqsadida joriy etilgan bo’lib majburiy jarayon hisoblanadi.
OneID tizimi orqali:
- Kirishni berish yoki bermaslik qarorini faqat siz qabul qilasiz;
- Ruxsatni istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin;
- Bank ma’lumotlardan faqat kredit arizasini ko‘rib chiqish uchun foydalanadi.
Yo‘q. Ushbu ruxsat faqat yangi kredit arizalariga taalluqlidir.
Hozirgi kreditlar va xizmatlar odatdagidek ishlaydi:
- Shartlar o‘zgarmaydi;
- To‘lovlar va o‘tkazmalar davom etadi;
- Ruxsat faqat yangi ariza berishda talab qilinadi.
Jarayon bir necha daqiqa vaqt oladi:
- OneID ilovasini oching;
- «Ma’lumotlarni boshqarish» bo‘limiga o‘ting;
- Tenge Bankni ro‘yxatdan toping;
- Ma’lumotlarga kirish ruxsatini bering.
Shundan so‘ng, kredit arizasini rasmiylashtirishni davom ettirishingiz mumkin.
Hech qanday hujjat shart emas — faqat pasport yoki ID-karta va JSHSHIR ma’lumotlari kifoya holos. Tenge24 ilovasini o‘rnating, ro‘yxatdan o‘ting va arizani yuboring. Arizangiz bo’yicha javobni 1 daqiqa ichida olishingiz mumkin.
Hech qanday xarajat yo‘q. Rasmiylashtirish komissiyasi mavjud emas, sug‘urta xarajatlari Bank hisobidan qoplanadi. Arizani yuboring va kerakli summani oling.
Ha, agar qarz yuki va qarzning daromadga nisbati ko’rsatkichlaringiz to’g’ri kelsa. Ariza ko‘rib chiqilganda sizning daromadlaringiz va hozirgi majburiyatlaringiz hisobga olinadi.
Tenge24 ilovasini o‘rnating, ro‘yxatdan o‘ting. «Kreditlar» bo‘limida «+» tugmasini bosing, «Onlayn mikroqarz»ni tanlang, summa va muddatni kiriting va arizani yuboring.
Ha, arizani haftaning istalgan kunida, jumladan dam olish va bayram kunlari ham berishingiz mumkin. Ilovada «Kreditlar» bo‘limida «+» tugmasini bosing, «Onlayn mikroqarz»ni tanlang, summa va muddatni kiriting va arizani yuboring.
Tenge24 ilovasida «Kreditlar» bo‘limiga o‘ting, kerakli kredit shartnomasini tanlang va «Jadval» tugmasini bosing.


