Tenge24
Tenge24'ni nega tanlashadi?
Ilova haqida
Ishonchimiz komilki, yildan-yilga yirik bank ofislari o'z mashhurligini yo'qotadi. Odamlar chet eldagi qarindoshlariga pul yuborish, kechki libos sotib olish, kreditga mashina yoki uy sotib olish uchun banklarga tashrif buyurishni to'xtatadilar. Odamlar endi kartani olish, omonat qo'yish, valyutani almashtirish uchun navbatda turishlari shart emas.
Endi smartfon yordamida siz o'zingizning pulingiz va jamg'armalaringizni boshqarishingiz, qarz olishingiz, xarid qilishingiz, to'lovlarni amalga oshirishingiz, bankka jismoniy tashrif buyurmasdan amalga oshirishingiz mumkin.
Tenge Bank 2022-yil mart oyida yangi Tenge24 mobil ilovasini ishga tushirdi, bu esa mijozlarga bank xizmatlaridan uy sharoitida foydalanish imkonini berdi!
Ilovaning asosiy ajralib turadigan xususiyati uning soddaligi va yengilligidir. Boshqa dasturlardan farqli o'laroq – siz bank mijozi bo'lishingiz va uning barcha mahsulotlaridan bahramand bo'lishingiz mumkin-hatto sizda bank kartasi bo'lmasa ham.
Tenge 24'da omonatlarni joylashtiring, kredit oling, eng qulay shartlarda to'lovlarni amalga oshiring! Ilovani yuklab olish uchun havolani bosing.
Mahsulotlar va xizmatlar
Humo va Mastercard virtual kartalari
Humo yoki Mastercard virtual kartasini oching va onlayn xaridlarni amalga oshiring.
Afzalliklari:
- Tenge24 ilovasida bankka tashrif buyurmasdan kartani ochish;
- Kartani tezkor to'ldirish;
- Tezkor to'lovlar va pul o'tkazmalari;
- Foydali konversiya kurslari.
Ilovamizni yuklab oling, “Mening kartalarim” bo‘limiga o‘ting va virtual kartalarning barcha qulayliklaridan foydalaning!
Davlat xizmatlari
Endi Tenge24 ilovasida quyidagi ma'lumotlarni mutlaqo bepul olish imkoniyati mavjud:
- Avtotransport haqida ma'lumot;
- Tug'ilganlik to'g'risidagi ma'lumotnoma;
- Ajrim haqida ma'lumot;
- Nikoh tuzilganlik to'g'risidagi ma'lumotnoma;
- Ko'chmas mulk haqida ma'lumot.
Batafsil quyidagi havola orqali.
Mening uyim
Endi barcha oylik xizmatlar bir joyda birlashtiriladi va har bir shaxsiy hisobni qo'lda alohida kiritish shart emas.
Siz barcha hisob-kitoblaringiz balansini kuzatib borishingiz va bir vaqtning o'zida osongina to'lashingiz mumkin:
- Barcha kommunal to'lovlar, jumladan issiq va sovuq suv, elektr va gaz;
- Uy va uyali telefon;
- Internet;
- Kabel TV.
Batafsil quyidagi havola orqali.
Xalqaro o'tkazmalar
Tenge24 ilovasida yangi xizmat - O'zbekistondan Qozog'istonga har qanday Halyk Bank kartasiga komissiyasiz pul o‘tkazmalar.
Pul o'tkazmasini amalga oshirish uchun:
- Tenge24 ilovasini yuklab oling va identifikatsiyadan o'ting;
- "O’tkazmalar" yorlig'iga o'ting;
- "Qozog'istonga tezkor o'tkazmalar" bo'limini tanlang;
- Qabul qiluvchining telefon raqamini va o'tkazma miqdorini kiriting;
- O’tkazmani tasdiqlang.
Batafsil quyidagi havola orqali.
Tenge Travel — birinchi safarga 25% chegirma
Tenge24 ilovasida Tenge Travel xizmati orqali temir yo‘l chiptalarini xarid qilish imkoniyati mavjud.
2026-yil 1-noyabrdan boshlab «Tenge Travel: birinchi safarga chegirma» aksiyasi doirasida birinchi temir yo‘l chiptasi xaridi uchun 25% chegirmadan foydalanishingiz mumkin.
Aksiyada «Tenge Bank» ATB mijozlari ishtirok etishlari mumkin.
Buning uchun Tenge24 ilovasida identifikatsiyadan o‘tish kifoya.
Chipta Tenge Travel bo‘limida Tenge Bank kartasi orqali xarid qilinishi lozim.
Chegirma miqdori: birinchi temir yo‘l chiptasi narxining 25 foizi, biroq 100 000 so‘mdan oshmagan miqdorda.
Aksiya muddati: 2026-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha.
Eslatma:
Chegirma aksiya davrida amalga oshirilgan birinchi muvaffaqiyatli temir yo‘l chiptasi xaridiga taqdim etiladi.
Har bir ishtirokchi chegirmadan faqat bir marta foydalanishi mumkin.
Foydalanishni qanday boshlash kerak?
Ro'yxatdan o'ting
Raqamli identifikatsiyadan o'ting
Bank mahsulotlaridan foydalanishni boshlang
Hujjatlar
Ko'p beriladigan savollar
Tenge24 mobil ilovasida onlayn mikroqarzlarning maksimal miqdori 90 million so‘mni tashkil etadi
Yo'q, Tenge Bank mobil ilovasida kartangiz bo'lmasa ham, bank mahsulotlari va xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin
Tenge24 mobil ilovasi dinamik ravishda rivojlanib bormoqda, buning uchun o'nlab dasturchilar va biznes-ishlab chiqaruvchilar uning ustida ish olib bormoqda. "Qulay onlayn" omonati eng sevimli va ommabop omonat hisoblanadi, chunki uni hech qachon bank mijozi bo‘lmasangiz ham, Tenge Bank kartangiz bo‘lmasa ham ochish mumkin. Omonat bo'yicha minimal miqdor 100 000 so'mni tashkil etadi, foiz ustamasi esa sizni hayratda qoldiradi - yillik 18%.
Ilovada Mastercard kartasiga buyurtma bering va uni bir daqiqada kartomatdan oling!
Qisman yechib olish (asosiy summadan) yoki omonat bo‘yicha foizlar Tenge24 orqali Tenge Bank'da ochilgan bank kartasiga amalga oshirish.
“Tenge Bank” ATB ning bank kartasi bo‘lmagan taqdirda Mijoz bir zumda “Mening kartalarim” bo‘limida virtual kartani ochishi mumkin.
Bundan tashqari, Tenge Bank kartasidan boshqa bank kartasiga pul o'tkazishi mumkin.
Shu bilan birga, pul o‘tkazmasi bankning tranzaksiya vaqtidagi tariflari bo‘yicha to‘lanadi.
Mikroqarz berish Qarz oluvchining SMS-xabaridan so'ng, Qarz oluvchining talab qilib olinguncha omonat hisobvarag'iga pul mablag'larini kiritish orqali amalga oshiriladi.
Tenge24* ilovasida o'tkazmalar bo'yicha limit:
Bir martalik | Kunlik | Oylik | |
| Identifikatsiyadan o'tmagan foydalanuvchilar uchun: | 0 | 0 | 0 |
| Raqamli biometriya orqali identifikatsiyadan o'tgan foydalanuvchilar va bank mijozlari uchun: | 10 mln. so'm | 100 mln. so'm yoki 25 marta | 400 mln. so'm yoki 100 marta |
Izohlar:
- Tenge Bank Humo virtual kartasi bo'yicha operatsiyalar uchun kunlik limit 800 mln. so'mni tashkil etadi;
- Tenge Bank virtual kartalarini qo'shish Tenge24 ilovasida amalga oshiriladi.
O'tkazmalar bo'yicha limitlar
Bir martalik | Kunlik | Oylik |
40 mln so'm | 70 mln so'm | 164 mln so'm |
Tenge Bank Mastercard kartalarini faqat Tenge24 ilovasiga qo’shish mumkin.
Agar siz parolni unutgan bo'lsangiz, MyID orqali identifikatsiyadan o'tgan holda "Parolni unutdingizmi" funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.
Parolni o'zgartirish uchun:
- Telefon raqamingizni tasdiqlang;
- Yangi parol kiriting va uni tasdiqlang;
- MyID orqali identifikatsiyadan o'ting;
- Yangi parol bilan kiring.
Buning uchun:
- Xavfsizlik sozlamalariga o'ting
- "Ishonchli qurilmalar" tugmasini bosing
Yuqoridagilarni bajarganda siz quyidagilarni qilishingiz mumkin:
- Tenge24'da kredit olish uchun arizalarni yuborish;
- Operatsiyalarni amalga oshirish uchun oshirilgan limitga ega bo'lish;
- Ilovaning barcha funktsiyalaridan foydalanish.






