Mastercard Black Edition
Afzalliklari
Shartlari
Bank kartasini chiqarish | bepul |
Bank kartasiga xizmat ko'rsatish** | 50 AQSh dollari QQS bilan bir yilda |
Bank kartasini qayta chiqarish | bank tashabbusi bilan - bepul |
karta shikastlanishi yoki yo'qolishi munosabati bilan - 35 000 so'm QQS bilan | |
Sug'urta depoziti | 0 so'm |
Savdo va xizmat ko'rsatish tarmog'ida xizmat ko'rsatish | bepul |
3D Secure xizmatini yoqish | bepul |
Kartani bloklash/blokdan chiqarish | Tenge24 ilovasida bepul |
Tenge24 ilovasida o'tkazmalar | Tenge Bank kartalariga - bepul |
Zarur hujjatlar | shaxsni tasdiqlovchi hujjat |
Karta valyutasi | so'm, AQSh dollari |
Izohlar:
*Tenge Bank kassalarida kalendar oyiga 3 mln so'mgacha bepul, 3 mln dan ortiq- tranzaksiya limitidan oshgan summaning 1%;
**Bank kartasiga xizmat ko'rsatishning birinchi yili uchun to'lov bank kartasi chiqarilganda olinadi, keyingi xizmat yillari uchun to'lov mijozning karta hisobvarag'idan avtomatik ravishda yechib olinadi;
Mastercard Black Edition kartasi egalari uchun barcha takliflar.
Mijozlarni messenjerlar, +998 71 205 08 20 telefon raqami va e-mail orqali qo'llab-quvvatlash markazi.
To'lov kartasi egalari uchun xavfsizlik bo'yicha tavsiyalar
- To'lov kartasini boshqa shaxslarga ko'rinmas joyda saqlang;
- To'lov kartangizdan foydalanganizda firibgarlikning oldini olish uchun u bilan faqat sizning huzuringizda operatsiyalarni amalga oshirishni talab qiling, kartani ko'zdan qochirmang;
- Agar sizga telefon, internet, ijtimoiy tarmoqlar yoki boshqa yo’llar bilan murojaat qilib va turli xil bahonalar ostida, to'lov kartangiz haqidagi ma'lumotlarni parolni yoki boshqa shaxsiy ma'lumotlarni bilishga harakat qilishgan bo'lsa EHTIYOT BO'LING: bu firibgarlikning aniq belgilari. Muloqot davrida Sizda biror bir shubha paydo bo'lgan bulsa, darhol muloqotni to'xtatib, Bank Aloqa Markazining 1245 qisqa raqami orqali murojaat qilishni tavsiya qilamiz;
- Kartangizni boshqa shaxs tomonidan ishlatilinishini oldini olish uchun PIN-kodni bank yoki huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, savdo nuqtalarining kassirlariga oshkor qilmang hamda kartaga PIN-kodni yozib qo'ymang.
Qanday rasmiylashtirish kerak?
Istalgan bank bo‘limiga tashrif buyuring
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim eting
Kartangiz 3 ish kuni davomida tayyor bo'ladi
Kartangiz 3 ish kuni davomida tayyor bo'ladi
Maslahat olish uchun ariza
Ko'p beriladigan savollar
Mastercard Black Edition kartasini olish uchun siz bank bo'limiga murojaat qilishingiz, shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishingiz va ariza topshirishingiz kerak. Kartangiz uch ish kuni ichida tayyor bo'ladi.
3D Secure — onlayn xaridlarni amalga oshirishda qo'shimcha himoya.
Xizmatni faollashtirgandan so'ng, ushbu karta bilan internetda to'lovlarni amalga oshirayotganda, har safar parolni kiritishingiz kerak bo'ladi (agar sayt 3D Secure dasturida ishtirok etsa). Parol SMS-xabarda yuboriladi va faqat bitta xarid uchun amal qiladi. Parolni muvaffaqiyatli kiritganingizdan so'ng, to'lovingiz tasdiqlanadi.
Yuborilgan har bir parol bir martalik va faqat bitta operatsiya uchun amal qiladi. Agar u bloklangan bo'lsa, sizni qiziqtirgan mahsulot yoki xizmatga yana bir bor buyurtma berishingiz kerak. Siz yangi bir martalik parolni olasiz va to'lov jarayonini muvaffaqiyatli yakunlashingiz mumkin.
Agar siz kartani yo'qotib qo'ysangiz, birinchi o'rinda uni blok qiling. Eng tezkor usul - bu Tenge24 mobil ilovasi yordamida blok qilish. Karta bloklangan holatda undan foydalanish mumkin emas. Agar kartani topsangiz, blokdan chiqarish mumkin.
Tenge24* ilovasida o'tkazmalar bo'yicha limit:
Bir martalik | Kunlik | Oylik | |
Identifikatsiyadan o'tmagan foydalanuvchilar uchun: | 0 | 0 | 0 |
Raqamli biometriya orqali identifikatsiyadan o'tgan foydalanuvchilar va bank mijozlari uchun: | 10 mln. so'm | 100 mln. so'm yoki 25 marta | 400 mln. so'm yoki 100 marta |
Izohlar:
- Tenge Bank Humo virtual kartasi bo'yicha operatsiyalar uchun kunlik limit 800 mln. so'mni tashkil etadi;
- Tenge Bank virtual kartalarini qo'shish Tenge24 ilovasida amalga oshiriladi.
Tenge Bank Mastercard kartalarini faqat Tenge24 ilovasiga qo’shish mumkin.
Kartaning egalariga quyidagi imkoniyatlar beriladi:
- Toshkent xalqaro aeroportidagi Mastercard Lounge biznes zali,
- LoungeKey orqali dunyo bo‘ylab biznes zallarga kirish,
- xalqaro sug‘urta dasturlari,
- aeroportlarda Fast Track xizmatidan foydalanish,
- roumingda bepul internet,
- 24/7 mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati va boshqa ko‘plab imtiyozlar.
To‘liq ro‘yxat bilan mastercard.uz saytida tanishishingiz mumkin.
- Mastercard Lounge Toshkentda (Xalqaro aeroport, 2-qavat). Zamonaviy dizayn, yashil hudud, Wi-Fi, milliy va xalqaro taomlar, dam olish va ishlash imkoniyatlari. 24/7 ishlaydi.
- LoungeKey zallari butun dunyoda — kirish uchun kartangizni yoki LoungeKey ilovasidagi QR-kodni foydalaning.
Xizmat yiliga 10 marta amal qiladi.
Ushbu xizmatdan foydalanish uchun:
- Mastercard Travel Experiences,sayti,
- yoki mobil ilovasidan foydalaning.
- tibbiy sug‘urta,
- safar davomida yuzaga keladigan noqulayliklardan sug‘urta (reysni o‘tkazib yuborish, bagaj kechikishi va h.k.).
Sug‘urta qoplamasi — 1,5 mln AQSh dollarigacha.
Mastercard hamkorlari tarmog‘ida 30% gacha chegirmalar mavjud:
MyTaxi, Roni Pizza, Giotto, Plov Lounge, Skandalist, Toshkent Gullari, Pasado, Dodo Pizza, Lapsha, Ozbegim.
Imtiyozlar va chegirmalar ko‘plab mamlakatlarda, jumladan Turkiya va Gruziyada mavjud.
Batafsil ma’lumot — hamkor saytida.
Bu — eksklyuziv takliflar va keshbek dasturi.
Shartlar:
- Mastercard kartangiz bilan hamkor savdo nuqtalarida (online yoki offline) to‘lov qiling,
- keshbek avtomatik tarzda qaytariladi.
Barcha hamkorlar ro‘yxati — Mastercard saytida.
- zamonaviy dizayn va qulaylik,
- butun dunyo bo‘ylab tez va xavfsiz to‘lovlar,
- biznes-zallar va sayohatchilar uchun imtiyozlar.
- foydali shartlarda chiqariladi,
- tezkor rasmiylashtirish,
- xavfsiz to‘lov himoyasi,
- doimiy texnologik rivojlanish va sifatli xizmat.