Yangilanish sanasi: 19.05.2021, 11:52

Matbuot xizmati

“Tenge Bank” ATB Asiamoney tomonidan O’zbekistonning eng yaxshi xorijiy banki 2021 deb tan olindi.

23.03.2021

Best Bank Awards 2021: Uzbekistan kategoriyasida yillik tanlov natijalariga ko’ra, Asiamoney xalqaro moliya nashrining mutaxassislari “Tenge Bank” ATB ni “O’zbekistonning eng yaxshi xorijiy banki” nominatsiyasining g’olibi deb tan oldi (Best Foreign Bank – Uzbekistan 2021).

Asiamoney nashri ta'kidlashicha, Bank rejalari O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan moliyaviy sektorda o’tkazilayotgan islohotlar bilan to’g’ri keladi. “Tenge Bankning vazifasi – O’zbekistonda xalqaro standartlar darajasida xizmatlarni taqdim etish, shu bilan mijozlar va aktsiyadorlarning mablag’lari xavfsizligi, samarali taqsimlanishi va ko’payishini ta’minlashdan iboratdir”, — deydi “Tenge Bank” ATB Boshqaruv Raisi Ayupov Talgat.

Hozirgi kunga qadar Tenge Bank mahalliy tadbirkorlarni 100 million dollar miqdor atrofida mablag’ bilan ta’minlagan. Bankning chakana kreditlash portfeli 10 million dollardan ortiq, hamda o’sib bormoqda.

Asiamoney nashri Bank sekin asta o’sishiga qaramay, uning potensial o’sishi Qozog’istonning eng yirik moliyaviy guruhi va Markaziy Osiyoning chakana bozorini asosiy o’yinchisi bo’lgan Halyk Bank (AJ “Qozog’iston Xalq Banki”) bilan aloqasi orqali ta’minlangan deb o’ylaydi.

Asiamoney mukofotini berish haqida qaror moliyaviy idoralar faoliyati va mahalliy  kapital bozorini o’rganish materiallarini chuqur tahliliga asoslangan holda nufuzli moliyaviy tahlilchilar Asiamoney bosh muharriri boshchiligida qabul qilingan.

Asiamoney – 1989-yilda tashkil etilgan biznes-moliyaviy nashr va EuromoneyInstitutionalInvestor PLC guruhiga kiradi. Jurnalda Osiyo moliya sanoatining tendensiyalari va tahlillarini nashr etiladi. Asiamoney maqolalari ko’plab nashr etilmoqda va nafaqat mintaqada, balki butun dunyo bo’ylab taniqli moliya institutlari rahbarlari va investitsiya doiralari e’tiborini o’ziga jalb qilmoqda.

“Tenge Bank” ATB universal bank bo’lib, “Qozog’iston Xalq Banki” (Halyk Bank) ning 100 foizli sho’ba korxonasi hisoblanadi. Tenge Bank zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda barcha toifadagi korporativ va chakana mijozlarga moliyaviy xizmatlarni taqdim etadi.