SHRIFT O'LCHAMI:
A A A
SAYT RANGI:
Ц Ц Ц
Ovozli yordamchi

Matbuot xizmati

23.05.2023

Global Money Week 2023 doirasida Tenge Bank mutaxassislari shahar maktablarida moliyaviy savodxonlik bo‘yicha bir qator ochiq darslar o'tkazdilar

61, 227 va 161-maktab o‘quvchilari moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan interfaol darslarda qatnashib, pullarni qanday to'g'ri jamg'arish, jamg‘armalardan qanday foydalanish, mablag‘larni sarmoya sifatida kiritish va ularni ko‘paytirish, shuningdek, firibgarlarning hiylasiga uchmaslikni o‘rgandilar.

Mashg‘ulotlar davomida mutaxassislar o'quvchilar orasida "savol-javob" sessiyasi va viktorinani o'tkazdilar, eng faol ishtirokchilarga esa Bankning esdalik sovg'alari topshirildi.

Tenge Bank - yorqinroq yashang!