Yangilanish sanasi: 22.08.2023, 15:08

Matbuot xizmati

Tenge Bank bolalar uchun moliyaviy savodxonlik bo'yicha ochiq darslar o'tkazdi

02.12.2022

Bankimiz mutaxassislari maktablarga tashrif buyurishdi va 10-11-sinf o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik bo‘yicha taqdimot o‘tkazishdi

Maktab o‘quvchilari moliyaviy bilimlarni o‘zlashtirishdi, mutaxassislarimiz esa bank tizimi qanday ishlashi haqida aytib berib, o'zimiz va yaqinlarimizni moliyaviy tomondan qanday himoya qilish, shuningdek, firibgarlardan qanday himoyalanish bo‘yicha amaliy maslahatlarni berishdi.

Dars davomida o'quvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berishdi, mutaxassislar esa ularga javob berib, qiziqarli viktorinalar oʻtkazishdi.

Faol o'quvchilarga Tenge Bank'ning kichik sovg'alari topshirildi.

Tenge Bank – yorqinroq yashang!