Asosiy ko'rsatkichlar:
- Aktivlar — 3.35 trln. so‘m, o‘sish 110.3 foiz
- Majburiyatlar — 2.12 trln. so‘m, o‘sish 72.2 foiz
- Taqsimlanmagan foyda — 70.7 mlrd. so‘m, o‘sish 248.8 foiz
- Xususiy kapital — 1.23 trln. so‘m, o‘sish 240.5 foiz
- Foizli daromadlar — 244.3 mlrd. so‘m, o‘sish 265.8 foiz
- Foizsiz daromadlar — 67.5 mlrd. so‘m, o‘sish 357.2 foiz
Sof foyda — 60.2 mlrd. so‘m, o‘sish 174.4 foiz
2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, bankning muammoli kreditlari (NPL) ulushi 7.0 foiz yoki 121 mlrd. soʻmni tashkil etdi.
2021-yil 9-dekabr kuni Yevroosiyo taraqqiyot banki (YOTB) va Tenge bank oʻrtasida gʻaznachilik faoliyati va Oʻzbekiston moliya bozorida hamkorlik doirasidagi operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. Tomonlar, shuningdek, valyuta va pul bozorlarida banklararo operatsiyalarni amalga oshirishning umumiy shartlari to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar. Shartnomada, shuningdek, O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida tashkillashtirilgan savdolarda YOTBning yordami ko‘zda tutilgan.