Yangilanish sanasi: 14.12.2021, 12:21

Matbuot xizmati

Tenge Bank rahbariyatining O'zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi

10.12.2021

Bugun Tenge Bank rahbariyatining O'zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shermatov Sherzod Xotamovich bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida Tenge Bank’ning O'zbekiston bozoridagi faoliyati va rejalari, FinTech loyihalarini rivojlantirish, bank sohasi mutaxassislarini tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Bank AKT vazirligining yangi loyihalarida, jumladan, respublikaning barcha hududlarida IT-maktablarini ochish loyihalarida ishtirok etish imkoniyati muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o'zaro manfaatlar va istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirish doirasida yaqin hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Tenge Bank AKT texnologiyalariga, raqamlashtirishga rioya qilishini ta'kidlaydi va bunda bank biznesida katta imkoniyatlarni ko'radi.

Tenge Bank – yorqinroq yashang!