Yangilanish sanasi: 06.08.2021, 10:37

Matbuot xizmati

Tenge Drive endi Samarqandda

03.08.2021

"Tenge Bank" ATB "bu yerda va hozir" konsepsiyasini amalga oshirishni davom ettirmoqda, shunday qilib, Tenge Drive progressiv avtokreditlash markazining eshiklarini Samarqand shahrida ham ochdi!

Endi nafaqat poytaxtda yashovchilar, balki Samarqand yashovchilari ham Tenge Drive ga kelib, 60 daqiqada bir joyning o’zida avtomobil tanlash (Skoda, Chevrolet yoki Kia), shartnoma tuzish, avtokredit va su’gurta polisini rasmiylashtirish imkoniyatiga ega. Endi bir necha kun sarflab, shahar bo’ylab yo’l kezib, muammoning yechimini qidirish shart emas.

Avtokreditning shartlari:

  • muddati — 48 oygacha;
  • boshlang’ich badal 20% dan;
  • ustamasi yillik 22,5% dan. 

Qo’shimcha bonus — Tenge Drive da avtomobil sotib olib, mijoz sov’gaga motor moyi va avtosu’gurtaga ega bo’ladi.

Individual harakatlanish va zamonaviy trendlar ixlosmandlariga ham sovg’a tayyorlangan. Tenge Drive da bir zaryadda, bir kun davomida, shahar bo’ylab, ekologik elektroskuterlar yordamida sayohat qilishlari mumkin. 

Tenge Drive (Samarqand) manzili: Samarqand sh., Gagarin ko'chasi, 47 B (orientir - "KINAP" zavodi). Telefon: 1245

***

“Tenge Bank” ATB - zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda korporativ va chakana mijozlarning barcha toifalariga moliyaviy xizmatlar ko'rsatuvchi universal bank. Bank "Qozog'iston Xalq banki" AJ (Halyk Bank) ning 100% sho'ba korxonasi hisoblanadi. Ofis quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahar, 100007, Yashnabod tumani, Parkent ko'chasi, uy 66. Murojaat uchun telefon: 1245, info@tengebank.uz, Facebook: tengebank.uz, Telegram: tengebankuz.