Yangilanish sanasi: 23.08.2021, 11:47

Matbuot xizmati

Jismoniy shaxslar uchun “Золотая Корона” va “Contact” tizimlari orqali pul o’tkazmalari ishga tushirilishi haqida

16.08.2021

Hurmatli mijozlar!

Sizlarga jismoniy shaxslar uchun “Tenge Bank” ATB da “Золотая Корона” va “Contact” tizimlari orqali pul o’tkazmalari ishga tushirilgani haqida xabar beramiz.

Endi siz “Золотая Корона” va “Contact” tizimlari orqali o’tkazmalarni jo’natish va ular bo’yicha to’lov amaliyotlarini “Tenge Bank” ATB ning o’zingizga qulay bo’lgan bo’linmasida amalga oshirishingiz mumkin.

“Золотая Корона” va “Contact” tizimlari orqali pul o’tkazmalarini jo’natish bo’yicha tariflar bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin: Tariflar

Batafsil ma'lumot uchun 1245 qisqa telefon raqamiga qo'ng'iroq qiling