Matbuot xizmati
"Tenge Bank" ATB jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatishning universal shartnomasiga o‘zgartirishlar kiritish haqida
Hurmatli mijozlar!
Sizga ma’lum qilamizki, "Tenge Bank" ATBda jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha universal shartnoma"ga quyidagi bandlarga qo‘shimchalar kiritildi:
Bank quyidagi huquqlarni o‘zida saqlab qoladi:
B 4.1.17: Mijozning bank kartasi bo‘yicha ketma-ket olti (6) oy davomida muvaffaqiyatli tranzaksiyalar amalga oshirilmagan taqdirda, Bank tegishli bank kartasini va u bilan bog‘liq hisobvaraqlarni bir tomonlama yopishga haqli. Karta bilan bog‘langan hisobvaraqda pul mablag‘lari qoldig‘i mavjud bo‘lsa, bunday mablag‘lar avtomatik ravishda Mijozning Bankdagi joriy hisobvarag‘iga (talab qilib olinguncha hisobvarag‘iga) o‘tkaziladi. Mijozning amaldagi joriy hisobvarag‘i bo‘lmagan taqdirda, Bank ko‘rsatilgan mablag‘larni Mijoz murojaat qilgunga qadar ichki talab qilib olinguncha hisobvarag‘ida saqlab turishga haqli. Mijozni kartani yopish va pul mablag‘larini o‘tkazish to‘g‘risida xabardor qilish Bankning rasmiy veb-saytida tegishli bildirishnomani joylashtirish orqali amalga oshiriladi, bu ushbu Oferta va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tegishli xabardor qilish usuli hisoblanadi.
Yangi tahrirdagi "Tenge Bank" ATBda jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha universal shartnoma" bilan bu yerda tanishish mumkin.
Kiritilgan qo‘shimchalar bilan, hujjat, 2025 yil 1 avgustdan kuchga kiradi.