Yangilanish sanasi: 27.06.2024, 09:38

Matbuot xizmati

Tenge24 mobil ilovasida o'tkazmalar uchun 0% aksiyasinig uzaytirilishi haqida

24.06.2024

Hurmatli mijozlar!

Biz sizga har qanday bank kartalari o'rtasida bepul pul o'tkazish imkonini beruvchi aksiyaning muddati 01.07.2024 yildan boshlab  uzaytirilishi haqida xabar berishdan mamnunmiz - endi siz Tenge24 ilovasida do'stlaringiz va oilangizga komissiyasiz pul yuborishingiz mumkin.

Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun siz shunchaki Tenge24 ilovasini smartfoningizga o'rnatishingiz, identifikatsiyadan o'tishingiz, kartani qo'shishingiz, tez va xavfsiz tarzda pul o'tkazishni boshlashingiz kerak.

Aksiya yil oxirigacha amal qiladi, pul o'tkazmalari uchun to'lovlarni tejash imkoniyatini boy bermang.

Biz sizga eng yaxshi xizmatlarni taqdim etishdan doimo xursandmiz!

Izoh:

Bir foydalanuvchiga bepul o'tkazmalar bo'yicha oylik limit - 10 million so'm, 10 million so'mdan ortiq - komissiya tariflarga asosan belgilanadi. 

Savollaringiz bo'lsa 1245 raqami orqali bizga qo'ng'iroq qiling yoki qo'llab-quvvatlash xizmatiga yozing. 

Aksiya muddati 2024-yil 31-dekabrgacha*.