Yangilanish sanasi: 07.06.2024, 17:02

Matbuot xizmati

Ma'lumotnoma

07.06.2024

Telegram ijtimoiy tarmog‘ida Bankning virtual humo kartasi bilan bog‘liq masala bo‘yicha e'lon qilingan axborotni o‘rganish davomida, murojaatda ko‘rsatilgan mijozning bank hisobvarag‘iga va amaliyotlariga Bank tomonidan hech qanday cheklov qo‘yilmagani ma'lum bo‘ldi, ya'ni mijoz Bankning «Tenge24» mobil ilovasidan foydalanishda “Kartaga vaqtinchalik cheklov qo‘yish” funksiyasidan foydalangan. Shu sababli, mijoz ma'lum vaqt mobaynida virtual humo kartasidan foydalana olmagan.

Bankning «Tenge24» mobil ilovasida “Kartaga vaqtinchalik cheklov qo‘yish” funksiyasi - bu bank kartasi haqidagi ma'lumotlar uchinchi shaxsga ma'lum bo‘lganda yoki yuz berishi mumkin bo‘lgan firibgarlik holatlarini oldini olishga yordam beruvchi vosita hisoblanadi. Bankning amaldagi tartibiga ko‘ra, mijoz “Kartaga vaqtinchalik cheklov qo‘yish” funksiyasidan foydalangan so‘ng, kartadan qayta foydalanish uchun Bankning istalgan filiallariga murojaat qilish kerak bo'ladi (Batafsil ma'lumot).

O‘zbekiston Respublikasining qonuni “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi 

14-moddasiga muvofiq: 

-Bankning ichki qoidalari, shuningdek ularga kiritiladigan keyingi o‘zgartish hamda qo‘shimchalar banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq ishlab chiqilishi hamda Markaziy bankka taqdim etilishi kerak.

Bankning «Ommaviy oferta» sining 5.5 bandiga muvofiq:

Bank mijoz qurilmasining zararli dasturlar bilan zararlanishi va ularning ishlashidagi nosozliklar yoki ilovani ehtiyotsizlik bilan ishlatish natijasida kelib chiqqan zarar uchun javobgar emas.

Bank xodimlari mijoz bilan bog‘lanib, batafsil tushuntirish ishlari olib borildi va ushbu muammo ijobiy hal etildi.