Hurmatli mijozlar!
Sizlarga Tenge Business mobil ilovasidagi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun onlayn hisob ochish va onlayn kredit yangi mahsulotlarini ishga tushirish haqida xabar beramiz. Endi yakka tartibdagi tadbirkorlar bankga tashrif buyurmasdan Tenge Business mobil ilovasi orqali hisob ochishlari, shuningdek miqdori 300 million so'mgacha, muddati 9 oydan 18 oygacha bo'lgan kredit olishlari mumkin.
Hisobni ochish uchun:
- Tenge Business ilovasini o'rnating;
- Shaxsiy identifikatsiyadan o'ting;
- Pasportingizni yoki ID kartangizni skanerlang.
Kredit olish uchun:
- Tenge Business ilovasiga kiring;
- YaTT uchun onlayn kreditga ariza bering;
- Kredit anketasini to'ldiring;
- Skoring javobini kuting.