Yangilanish sanasi: 22.01.2024, 11:32

Matbuot xizmati

Tenge Bank Mastercard kartasi orqali jamoat transportida yo'l haqini to'lash haqida

17.01.2024

Hurmatli mijozlar!

Sizga tenge Bank Mastercard kartasi bilan jamoat transportida yo'l haqini 1000 so'm miqdorida to'lashingiz mumkin bo'lgan aksiya boshlangani haqida xabar beramiz!

Aksiya Toshkent, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Qarshi, Namangan, Andijon, Urganch va Xiva shaharlaridagi avtobuslarda, shuningdek, Toshkent metropolitenida amal qiladi.

Aksiya muddati 15.02.2024 yilgacha (Toshkent shahri uchun), 15.04.2024 yilgacha (O‘zbekistonning boshqa shaharlari uchun).

Mastercard kartasini bizning qulay Tenge24 ilovamizda rasmiylashtirishingiz mumkin.

Buning uchun:

  • Tenge24 ilovasiga kiring;
  • To'liq identifikatsiyadan o'ting;
  • “Kartalar” bo‘limiga o‘ting;
  • Mastercard kartasini tanlash orqali ariza yuboring;
  • Shaxsiy QR kod yordamida kartani istalgan eng yaqin kartomat orqali oling.


Savollaringiz bo'lsa 1245 raqamiga qo'ng'iroq qiling yoki qo`llab-quvvatlash xizmatiga yozing.