Yangilanish sanasi: 12.10.2023, 17:46

Matbuot xizmati

Tenge24 ilovasida UzAuto Motorsdan to'lovlarni qaytarish imkoniyati haqida

12.10.2023

Hurmatli mijozlar!

Endilikda UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarning barcha egalari, avval to‘langan pul summasining bir qismini qaytarish xizmatidan foydalanishlari mumkinligi haqida xabar beramiz. Siz bankka va dilerlik markaziga tashrif buyurmagan holda to'lovdagi farqni qaytarishingiz mumkin!

Pul mablag’larini qaytarish uchun:

  • Tenge24 ilovasiga kiring;
  • Identifikatsiyadan o'ting;
  • "Yana" bo'limiga o'ting;
  • “UzAuto Motorsdan pul mablag'larini qaytarish” bandini tanlang;
  • Shartnoma raqamingizni kiriting;
  • Mablag'larni kiritish uchun hisobni tanlang;
  • Ommaviy taklif va shartnoma bilan tanishib chiqing;
  • Pul mablag’larini hisobingizga tushishini kuting.


Izoh:

  • Faqat avtomobil xarid qilish boʻyicha shartnoma egasi ariza berishi mumkin.


Savollaringiz bo'lsa 1245 raqami orqali bizga qo'ng'iroq qiling yoki qo'llab-quvvatlash xizmatiga yozing.