Yangilanish sanasi: 21.10.2022, 21:30

Matbuot xizmati

Ma`lumotnoma

21.10.2022

Joriy yilning 13 oktyabr kuni «SberkassaUz» telegram kanalida «Tenge Bank va Аloqabankga shikoyatlar kelmoqda» sarlavahasi bilan eʼlon qilingan axborot ilovaga muvofiq oʼrnatilgan tartibda oʼrganib chiqildi. 

Fuqaro Ismoilov X. 2022 yil 07 sentyabr kuni omonat xisob rakamidan kisman pul yechib olishda yuzaga kelgan xatolik bo'yicha murojaat kilgan. Masʼul bank mutaxassislari tomonidan 17 oktyabr kunidan boshlab oʼrganish ishlari olib borildi. Oʼrganish natijasida mijoz omonat hisob raqamidan yechib olgan texnik sabablarga koʼra pul plastik karta hisob raqamiga kelib tushmaganliki aniqlandi. 

Shu kunning oʼzida, yaʼni 17.10.2022 yilda Bankning masʼul xodimlar tomonidan mijoz Ismoilov X. bilan bogʼlanildi hamda mobil ilovada yuzaga kelgan muammo ijobiy hal etildi. Oʼtkazma summasi toʼliqligicha mijoz Bank kartasiga tushirib berildi. Mijoz Bankga eʼtirozi yoʼqligini bildirdi.