Yangilanish sanasi: 03.08.2022, 14:40

Matbuot xizmati

Ma'lumotnoma

02.08.2022

"Tenge Bank" ATB fuqaro A.S. ning murojaatida ta'kidlangan masalalar yuzasidan shuni ma'lum qiladi:

Fuqaro A.S. 2021-yil 21-sentyabrda “Tenge Bank” ATB dan boshlang’ich to’lovi 50% bo’lgan, 48 oy muddatga avtokredit olgan bo’lib, bankdan olgan mablag’ni sug’urtalash maqsadida 1 807 000 so’m kassaga to’lagan. Fuqaro A.S. kreditni 2022-yil 6-iyunda to’liq yopgan va sug’urta pulidan ishlatilmagan miqdorini qaytarib berilishi haqida murojaat qoldirgan. Ushbu holat bo'yicha chora tadbirlar ko’rib chiqildi.

Holatni bartaraf etish choralari natijasida, fuqaro A.S. ga su’gurta to’lovi qaytarib berildi.