SHRIFT O'LCHAMI:
A A A
SAYT RANGI:
Ц Ц Ц
Ovozli yordamchi

Matbuot xizmati

28.07.2022

Ma'lumotnoma

"Tenge Bank" ATB fuqaro M.M. ning  murojaatida ta'kidlangan masalalar yuzasidan shuni ma'lum qiladi:

Fuqaro M.M. 2022-yil 6-iyul kuni soat 10:52 va 10:53 da o'z bank plastik kartasidan fuqaro X.Sh. ning bank plastik kartasiga 1 000 000 (bir million) so'm va fuqaro Y.G. ning bank plastik kartasiga 5 000 000 (besh million) so'm miqdordagi pul mablag'larini Tenge24 mobil ilovasi orqali P2P o'tkazmasini amalga oshirgan. "Tenge Bank" ATB Chakana biznes departamenti masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan olib borilgan o'rganish ishlari natijasida 6-iyul kuni serverda texnik nosozliklar yuzaga kelganligi aniqlandi. 

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz, pul mablag'lari yuboruvchining bank plastik kartasiga qaytarildi.