Matbuot xizmati
Aksiya natijalari
Yana bir aksiyamiz ham o'z nihoyasiga yetdi, endi esa natijalarni sarhisob qilish va g'oliblarni e'lon qilish vaqti keldi!
Aksiyada 2022-yil 18-martdan 15-aprelgacha mikroqarz olgan 944 ta mijoz ishtirok etdi. G'oliblar jonli efirda tasodifiy raqamlar generatori orqali aniqlandi.
Ajoyib sovg'alarga ega bo'lgan g'oliblarimiz bilan tanishing
▪️Mini pech — Az***v Anvar;
▪️Changyutgich — Ra***boyev Bekpo'lat;
▪️TV — Toj***v Furqat.
G'oliblarni chin qalbdan tabriklaymiz!
Sovrinlarni topshirish uchun bugun biz ularni bosh ofisimizga taklif qilamiz.
Bu safar omadi chopmagan ishtirokchilardan aslo kayfiyatni tushirmaslikni so'rab qolamiz, chunki oldinda sizni Tenge Bank'dan ko'plab aksiyalar, tanlovlar va takliflar kutmoqda!
Tenge Bank - yorqinroq yashang!