Yangilanish sanasi: 06.11.2024, 16:59
Matbuot xizmati
15.03.2022
"Western Union" Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasida faoliyatni to'xtatish haqida
Hurmatli mijzolar!
Sizga shuni ma'lum qilamizki, 2022-yil 24-martdan boshlab "Western Union" xalqaro pul o'tkazmalari tizimi Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasida faoliyatini to'xtatadi.
Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasidan "Western Union" tizimi orqali 2022-yilning 24-martiga qadar yuborilgan pul o'tkazmalari oluvchilarga to'lanadi.
O'zbekiston Respublikasidan boshqa mamlakatlarga (yuqoridagilardan tashqari) va O'zbekiston Respublikasiga boshqa barcha mamlakatlardan o'tkazmalar (yuqoridagilardan tashqari) odatiy tartibda amalga oshiriladi.
Batafsil ma'lumot uchun 1245 qisqa telefon raqamiga qo'ng'iroq qiling