SHRIFT O'LCHAMI:
A A A
SAYT RANGI:
Ц Ц Ц
Ovozli yordamchi

Matbuot xizmati

03.04.2020

Kredit to`lovlarini kechiktirish

Tenge Bank mamlakatda karantin rejimi joriy etilishi bilan bog'liq bo'lgan vaziyatda vatandoshlarimiz haqida qayg`uradi. Tenge Bank O'zbekiston hukumati va O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining moliya bozorini tartibga solish va rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlarini qo'llab-quvvatlashni o'z burchi deb biladi va karantin davrida kredit bo'yicha kechiktirilgan to'lovni taqdim etishga tayyor. 

Tenge Bank jismoniy shaxslar uchun kreditni kechiktirish bo'yicha arizalarni onlayn qabul qilishni boshladi!

Agarda siz kredit bo'yicha to'lovni kechiktirmoqchi bo'lsangiz:
➡️ Diqqat bilan saytimizda kredit bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirishni taqdim etish shartlari bilan tanishib chiqing.
➡️ Havola orqali onlayn-arizani to'ldiring: https://tengebank.uz/ru/credit/otsrochka-po-kreditu.
➡️ Maksimal kechiktirish muddati 30.09.2020 gacha.
➡️ Arizani yuborganingizdan so'ng, u ko'rib chiqiladi va sizga natijalari xabar qilinadi.

Tenge Bank chakana kreditlar bo'yicha vaqtida to'lanmagan qarzlar uchun 01.10.2020 gacha jarimalar hisoblamaydi.

Tenge Bank Qarz oluvchi-jismoniy shaxslardan avtokreditlar bo'yicha garovni vaqtida ro'yxatdan o'tkazmagani uchun karantin payti jarimalar hisoblamaydi (16.03.2020 dan boshlab karantin rejimi tugashi e'lon qilingan kuniga qadar).