Yangilanish sanasi: 05.08.2024, 10:55

Aksiyalar

Yangi yuridik mijozlar uchun bepul xizmat ko'rsatish

06.04.2023

Tenge Bank, har doimgidek, yangi mijozlariga sovg'alar hadya etadi!

Yuridik shaxslar uchun ikkita aksiya muddati uzaytirilgani haqida xabar beramiz:

"Xush kelibsiz" aksiyasi — so'mda bank hisob raqamini oching va 3 oy davomida quyidagilardan mutlaqo BEPUL foydalaning:

  • Hisobni ochish, yopish va yuritish;
  • Mijozlarning hisob raqamlariga pul mablag'larini tushirish;
  • Pul o'tkazmalari (debet aylanmasini) boshqa banklarga o'tkazish (asosiy yoki ikkilamchi hisob raqamlarga xizmat ko'rsatishda);
  • Mijozning Tenge Bank tizimidagi hisob raqamidan pul o'tkazish;
  • Kichik biznes subyektlarining hisob raqamlaridan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘tkazish;
  • Akkreditivni ochish va shartlarini o'zgartirish;
  • Akkreditivni bekor qilish; 
  • Mijoz talabiga ko'ra ko'chirmalarni taqdim etish;
  • Mijoz talabiga ko'ra ma'lumotnomalarni berish.


Ammo bu hali hammasi emas —   birinchi aksiyaga ikkinchisi "Daromadingizni oshiring" qo'shiladi, ya'ni bank hisobingizda 100 million so'mdan ortiq mablag'lar bo'lsa, sizga yillik 3% miqdorida foizlar o'tkaziladi.

Aksiyalar muddati 2024-yil 1-oktyabrgacha.

"Xush kelibsiz" aksiyasi shartlari.

"Daromadingizni oshiring" aksiyasi shartlari.

Batafsil ma'lumot uchun 1245 telefon raqamiga qo’ng’iroq qiling.