Haydalgan import mashina sotib olish
Afzalliklari
Shartlar
Maqsad | Ikkilamchi bozorda haydalgan import avtomobil sotib olish |
Ustama | kamida 40% boshlang'ich to'lovda - yillik 27,9% |
Maksimal miqdor | 300 000 000 so'mgacha |
Muddat | 5 yilgacha |
Valyuta | so'm |
Qarz oluvchi |
jismoniy shaxslar – 21 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan O’zR fuqarolari/istiqomat qiluvchi, bunda 60 yosh – kredit arizasi berish vaqtiga eng yuqori yosh chegarasi, oxirgi 4 oy ichida rasmiy daromadga va “Tenge Bank” ATB ofislari joylashgan shahar/viloyatning ma’muriy hududida doimiy ish joyiga ega (kamida 4 oy) |
Kеchiktirilgаn аsоsiy qаrz uchun ustama | Kredit foiz ustamasining 1.5 barobari miqdorida, krеdit bo’yichа kеchiktirilgаn qаrzdоrlikning qоldig’igа hisоblаnаdi |
To’lаsh usuli* |
|
Ta'minotga talablar** |
**Garov va moliyaviy xatarlarni sug'urtalash polisining umumiy qiymati kredit miqdorining kamida 105% tashkil qilishi kerak |
Zarur hujjatlar |
|
1. KTQni hisoblab chiqishda qarz oluvchining quyidagi toʻlovlari hisobga olinadi:
- asosiy qarz va foizlar boʻyicha toʻlovlar;
- bank foydasiga amalga oshiriladigan toʻlovlar - agar bunday toʻlovlar shartnoma shartlariga muvofiq qarz oluvchining majburiyatlariga kirsa va/yoki kredit yoki qarz berilishi bunday toʻlovlarni amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlsa;
- uchinchi shaxslar foydasiga amalga oshiriladigan toʻlovlar, agar bunday toʻlovlar shartnoma shartlariga muvofiq qarz oluvchining majburiyatlariga kirsa, shu jumladan quyidagi toʻlovlar:
- sugʻurta tashkiloti foydasiga amalga oshirilgan toʻlovlar, agar sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta hodisasi yuzaga kelgan taqdirda naf oluvchi boʻlib bank hisoblansa;
- qarz oluvchining majburiyatlari taʼminotiga qabul qilingan va garovga qoʻyuvchining ixtiyorida qoladigan garov predmetini garov shartnomasi boʻyicha sugʻurta qilishda qarz oluvchi tomonidan sugʻurta tashkilotining foydasiga amalga oshirilgan toʻlovlar;
- qarz oluvchi tomonidan kafolat (kafillik) olish uchun kafolat beruvchiga (kafilga), shuningdek garovga topshirilayotgan mulkni baholash uchun baholovchi tashkilotga toʻlangan toʻlovlar;
- mijozlarni jalb qilish, ular tomonidan kredit yoki qarz olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish, ushbu hujjatlarni bankka topshirish, kredit yoki qarzlarni qoplash hisobiga bank mijozlaridan toʻlovlar va pul oʻtkazmalarini qabul qilish boʻyicha bankka xizmat koʻrsatadigan tashkilotlar (vositachilar) hisobiga amalga oshirilgan toʻlovlar. Bank tomonidan KTQ koʻrsatkichining hisob-kitobi shartnoma muddati tugagunga qadar mazkur bandda nazarda tutilgan barcha toʻlovlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
2. KTQ hisob-kitobiga quyidagilar kiritilmaydi:
- qarz oluvchining uchinchi shaxslar foydasiga amalga oshiradigan toʻlovlari, mazkur Tartibning 1-bandida koʻrsatilgan toʻlovlar bundan mustasno;
- qarz oluvchining shartnoma shartlarini bajarilmasligi bilan bogʻliq toʻlovlari, shu jumladan neustoyka va boshqa turdagi jarimalar.
- bank plastik kartalaridan foydalangan holda berilgan kreditlar (qarzlar) boʻyicha toʻlovlar, xususan:
- valyuta hisobvaragʻidan (ajratilgan kredit valyutasidan) farqli oʻlaroq, boshqa valyutada amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha undirilgan komissiyalar;
- bank kartasini chiqarish va unga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq komissiyalar;
- kredit (qarz) summalarini bankomatlardan foydalangan holda naqd pulda olganligi uchun toʻlangan komissiyalar.
KTQni hisoblashda verguldan keyin bir belgigacha yaxlit qilib hisoblanadi. Agar verguldan keyingi ikkinchi belgi "5" ga teng va undan yuqori boʻlsa, u holda ikkinchi belgi bir birlikka oshiriladi. Masalan: KTQ koʻrsatkichi 18,66 ni tashkil qildi. U yaxlit qilib hisoblangach - 18,7 hosil boʻladi.
Har bir berilayotgan kreditning to'liq qiymati to'g'risidagi ma'lumot kredit shartnomalari tuzilgunga qadar Qarz oluvchilarga atroflicha tushuntiriladi.
Kredit kalkulyatori
Hujjatlar
- Tanishish uchun Birgalikda Qarz oluvchisiz kredit shartnomasi
- Tanishish uchun Birgalikda Qarz oluvchi bilan kredit shartnomasi
- "Tenge Bank" ATB mijozining "Yagona rozilik" xati
- "Tenge Bank" ATB da jismoniy shaxslarga kredit berish doirasida garovga qo'yiladigan talablar va garovni ro'yxatdan o'tkazish uchun hujjatlar ro'yxati
Qanday rasmiylashtiriladi?
-
Avtomobilni tanlang, kreditga bo'lgan ehtiyojni aniqlang
-
Kreditga ariza topshirayotganingizda baholash hisobotini oling va dastlabki shartnoma tuzing
-
Bank qarorini oling va boshlang'ich to'lovni amalga oshiring
-
Notariusda mulk huquqi va garov ta'minotini rasmiylashtiring
-
Mablag'ni oling, avtomobil uchun to'lovni amalga oshiring va sayohatdan zavqlaning!