Yangilanish sanasi: 29.09.2023, 16:19

Mastercard

Texnomart'da xaridlarni Mastercard kartasi bilan to'lang va 5% keshbekga ega bo'ling!

Batafsil

Afzalliklari

  • Bepul xizmat ko'rsatish
  • To'lovlar xavfsizligi va himoyasi
  • Istalgan Uzcard va Humo kartasidan bepul to'ldirish
  • Darhol pul qabul qilinishi
  • Bepul o'tkazmalar
  • PIN-kod shaxsan o'rnatilishi
  • Kontaktsiz to'lovlar
  • Kartomatlarda tezkor chiqarish

Shartlari

Mastercard karta egalari uchun maxsus takliflar

To'lov kartasi egalari uchun xavfsizlik bo'yicha tavsiyalar

Masterсard kartasini qanday mustaqil chiqarish mumkin?

Maslahat olish uchun ariza

Sizning buyurtmangiz yuborildi
+7 ( 90 123 45 67

Ko'p beriladigan savollar

Mastercard o'z foydalanuvchilariga bir qator afzalliklarni taqdim etadigan qulay va xavfsiz vositadir:

  • Kartalar o'rtasida bepul o'tkazmalar;
  • Kartani istalgan Uzcard/Humo kartalaridan bepul to'ldirish;
  • Xizmat 24/7 ishlaydi;
  • Dunyo bo'ylab deyarli har qanday do'konlarda, jumladan, onlayn do'konlarda, aeroportlarda, mehmonxonalarda karta bilan to'lash imkoniyati;
  • Onlayn to'lovlar xavfsizligi uchun 3D secure xizmatini yoqing.


Mastercard-bu  xavfsiz to'lov usuli, ammo esda tutish lozim:

  • Shaxsiy yoki bank ma'lumotlarini hech kimga bermang. Agar shunga o'xshash savol bilan sizga qo'ng'iroq qilingan yoki xabar yozilgan bo'lsa javob bermang, so'ngra 1245 telefon raqami orqali bankga murojaat qiling;
  • Hushyor bo'ling, hisob-kitoblaringizni muntazam tekshirib turing. Agar firibgarlik amaliyoti bo'yicha shubhangiz bo'lsa, darhol bankga murojaat qiling;
  • 3D secure xizmatini ulang;
  • Sizga noma'lum havolalar orqali o'tmang va kuchli parollardan foydalaning!

Norezident quyidagi ma'lumotlarni/hujjatlarni taqdim etishi zarur:

  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi (davlat chegarasini kesib o'tish belgilari bilan) 

norezidentning bir nechta pasporti bo'lsa, chegarani kesib o'tish belgisi bo'lgan pasportni taqdim etish kerak;

  • Vaqtincha ro'yxatdan o'tganlik hujjati/yashash joyi bo'yicha hujjat

mehmonxonalarda yoki shunga o'xshash muassasalarda joylashgan taqdirda E-mehmon'dan ko'chirma qabul qilinadi;

  • O'zbekistonda olingan JSHSHIR;
  • Ish/o'qish/davolanish joyini tasdiqlovchi hujjat;

agar norezident O‘zbekiston Respublikasida 15 kundan ortiq ro‘yxatga olingan bo‘lsa, ushbu hujjat talab qilinmaydi;

Bank formasi bo'yicha Bankda to'ldiriladi.

Buning iloji bor!


Tenge Bank POS-nuqtalari shanba va yakshanba kunlari ham ishlaydi va mutaxassislarimiz karta chiqarish va mikroqarz olish uchun ariza berish borasida hamisha sizga yordam berishga tayyor!


Toshkent shahri:

  • "Compass Mall" SM
  • "Parus" SM


Andijon sh.:

  • "Navruz Mall" SM
  • “O’zbegim” SM


Namangan sh.:

  • "Shodlik" SM

 

Nukus sh.:

  • "Mega Nukus” SM


Farg'ona sh.:

  • "Korzinka" supermarketi


Bundan tashqari, Toshkent shahrida siz "Magnum Integro" BXM orqali bank xizmatlarining to'liq spektrini olishingiz mumkin.

3D Secure — onlayn xaridlarni amalga oshirishda qo'shimcha himoya.

Xizmatni faollashtirgandan so'ng, ushbu karta bilan internetda to'lovlarni amalga oshirayotganda, har safar parolni kiritishingiz kerak bo'ladi (agar sayt 3D Secure dasturida ishtirok etsa). Parol SMS-xabarda yuboriladi va faqat bitta xarid uchun amal qiladi. Parolni muvaffaqiyatli kiritganingizdan so'ng, to'lovingiz tasdiqlanadi.

Yuborilgan har bir parol bir martalik va faqat bitta operatsiya uchun amal qiladi. Agar u bloklangan bo'lsa, sizni qiziqtirgan mahsulot yoki xizmatga yana bir bor buyurtma berishingiz kerak. Siz yangi bir martalik parolni olasiz va to'lov jarayonini muvaffaqiyatli yakunlashingiz mumkin.

Agar siz kartani yo'qotib qo'ysangiz, birinchi o'rinda uni blok qiling. Eng tezkor usul - bu Tenge24 mobil ilovasi yordamida blok qilish. Karta bloklangan holatda undan foydalanish mumkin emas. Agar kartani topsangiz, blokdan chiqarish mumkin.

Tenge24 mobil ilovasida kartani boshqarish yanada oson

Скачать приложение