Yangilanish sanasi: 03.10.2022, 18:15

Matbuot xizmati

Ma'lumotnoma

03.10.2022

Joriy yilning 22-sentyabr kuni "Muxbir Daliyev" telegram kanalida "Tenge Bank mijozi Markaziy bank mutasaddilaridan yordam so'ramoqda" deb nomlangan murojaat chop etildi. Mijoz Xolmurodov B. Bankning "Tenge24" mobil ilovasi orqali "Qulay onlayn" nomli omonat turini to'ldirishda yuzaga kelgan muammolar yuzasidan murojaat o'rganib chiqildi. Xususan mijoz o'zining Bank kartasidan ilvoada rasmiylashtirgan omonat hisob raqamiga 500 000 so'm miqdoridagi summani o'tkazmoqchi bo'lgan, lekin texnik sabablarga ko'ra pul mablag'i hisobraqamga kelib tushmagan.

2022-yil 22-sentyabr kuni Bankning ma'sul hodimlari tomonidan yuzaga kelgan muammo bartaraf etilib, pul mablag'lari mijozning omonat hisob raqamiga o'tkazib berildi.