Yangilanish sanasi: 24.04.2024, 15:50

Omonatlar

Saqlanganlik va manfaatlilik

  • yuqori reytinglar va omonatlarni himoya qilish
  • omonatlarning yuqori ustamalari
  • muddati 1 kundan 13 oygacha

Shartlari

Omonat qanday ochiladi

Omonat kalkulyatori

Omonat turi
Omonat summasi
Omonat muddati
12 месяцев
0 %
Foiz stavkasi
284 234 so'm
Muddat oxiridagi miqdor
Axborot varaqasini chiqarish

Maslahat olish uchun ariza

Sizning buyurtmangiz yuborildi
+7 ( 90 123 45 67

Ko'p beriladigan savollar

Ha, Omonatni muddatidan oldin yopish Omonat shartlari asosida va faqat Bankning bo'linmasida amalga oshiriladi. Omonatni muddatidan oldin yopish shartlari tuzilgan shartnomada yoki qabul qilingan taklifda ko'rsatilgan.

Shu bilan birga, pul mablag'lari qisman yechib olingan depozitlar bo'yicha omonatchi omonat shartlarida belgilangan minimal qoldiqgacha mablag'larni yo'qotmasdan yechib olishi mumkin. Masalan, “Qulay” onlayn omonati bo‘yicha 1000 so‘m minimal qoldiq belgilanadi va omonatchi masofadan turib omonat summasini muddatidan oldin qisman yechib olishni amalga oshirishi mumkin, bunda omonatda 1000 so‘m qoladi.


Qulay
Jamg'arma
Qulay onlayn
Foydali
Minimal miqdori
1 000 000 so'm
10 000 000 so'm
1 000 so'm
100 000 000 so'm

"Qulay" va "Jamg'arma" omonatlarini bankning istalgan bo'limida,  "Qulay onlayn" omonatini esa Tenge24 yangi mobil ilovasida, “Foydali” omonatni bankning istalgan bo’limida yoki Tenge24 mobil ilovasida ochish mumkin.

Ayni paytda "Tenge Bank" ATBda milliy valyutada omonat hisob raqami ochilishi mumkin

Foizlar omonat rasmiylashtirilgandan keyingi kundan boshlab, uni qaytarishdan oldingi kungacha hisoblanadi. Omonatchining hisobvarag'iga sud organlari tomonidan hibsga olingan davrda foizlar hisoblanmaydi.


(O’zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 764-moddasiga muvofiq).

Omonat summasi * foiz stavkasi % / 365 * omonatda pul saqlangan kunlar soni (Agar omonat/depozit shartlarida boshqacha shartlar nazarda tutilmagan bo'lsa)

Omonatni faqat bank bo’limida yopishingiz mumkin, sizda shaxsni tasdiqlovchi hujjat bo'lishi kerak.

Siz joriy hisob raqamini  O'zbekiston Respublikasi milliy valyutasi - so'mda va xorijiy valyutalarda ochishingiz mumkin: tenge, AQSh dollari, evro, Rossiya rubli, ingliz funt sterlingi.

Norezident quyidagi ma'lumotlarni/hujjatlarni taqdim etishi zarur:

  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi (davlat chegarasini kesib o'tish belgilari bilan) 

norezidentning bir nechta pasporti bo'lsa, chegarani kesib o'tish belgisi bo'lgan pasportni taqdim etish kerak;

  • Vaqtincha ro'yxatdan o'tganlik hujjati/yashash joyi bo'yicha hujjat

mehmonxonalarda yoki shunga o'xshash muassasalarda joylashgan taqdirda E-mehmon'dan ko'chirma qabul qilinadi;

  • O'zbekistonda olingan JSHSHIR;
  • Ish/o'qish/davolanish joyini tasdiqlovchi hujjat;

agar norezident O‘zbekiston Respublikasida 15 kundan ortiq ro‘yxatga olingan bo‘lsa, ushbu hujjat talab qilinmaydi;

Bank formasi bo'yicha Bankda to'ldiriladi.

Omonatni O'zbekiston Respublikasi norezidentiga ochish onbording paytida faqat bank filialiga tashrif buyurganingizda, dastlabki identifikatsiyadan keyin amalga oshiriladi.

Norezidentning birlamchi identifikatsiyasi norezident tomonidan zarur hujjatlar to'plami taqdim etilganda amalga oshiriladi va taqdim etilgan hujjatlarni ko'rib chiqish vaqti bo'yicha maksimal 1 ish kuni hisoblanadi.

Omonatni ochish faqat ijobiy identifikatsiyadan so'ng amalga oshiriladi.

O'zbekiston Respublikasi soliq kodeksiga (30,366 va 382-moddalar) muvofiq soliq rezidenti ekanligi to'g'risidagi ma'lumotnomani taqdim etmagan norezidentlar bank tomonidan depozit bo'yicha to'langan foizlar (daromadlar) dan O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda soliq ushlab qolinadi (10%).

Foizlarni to'lash har oy omonat qabul qilingan kundan keyingi kuni Omonatchining talabiga ko'ra depozit hisobvarag'iga avtomatik o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi.

Bunda, foizlarni to‘lash sanasi dam olish yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, Omonatchining talab qilib olingan depozit hisobvarag‘i bankning birinchi ish kunida kreditlanadi.

Qisman yechib olish (asosiy summadan) yoki omonat bo‘yicha foizlar Tenge24 orqali Tenge Bank'da ochilgan bank kartasiga amalga oshirish.

“Tenge Bank” ATB ning bank kartasi bo‘lmagan taqdirda Mijoz bir zumda “Mening kartalarim” bo‘limida virtual kartani ochishi mumkin.

Bundan tashqari, Tenge Bank kartasidan boshqa bank kartasiga pul o'tkazishi mumkin.

Shu bilan birga, pul o‘tkazmasi bankning tranzaksiya vaqtidagi tariflari bo‘yicha to‘lanadi va shuni ta’kidlashni istardikki, HUMO’dan HUMO’ga o‘tkazish bepul.

O'zbekiston Respublikasi soliq kodeksiga (30,366 va 382-moddalar) muvofiq soliq rezidenti ekanligi to'g'risidagi ma' lumotnomani taqdim etmagan norezidentlar bank tomonidan omonat bo'yicha to'langan foizlar (daromadlar) dan O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda soliq ushlab qolinadi (10%).

Soliq rezidentligi maqomi soliq organi tomonidan 1 (bir) kalendar yil uchun berilgan sertifikat bilan tasdiqlanadi.