Matbuot xizmati
Tenge Bank ATB: O‘zbekiston tadbirkorlari uchun raqamli bank xizmatlarining kelajagini shakllantirish
2026-yil 29-yanvar kuni Dubay shahridagi (BAA) Jumeirah Emirates Towers’da bo‘lib o‘tgan International Finance Awards 2025 13-yillik taqdirlash marosimida Tenge Bank ATB ikkita nufuzli xalqaro mukofot - "Eng yaxshi xorijiy bank - O‘zbekiston" va "YATTlar uchun eng innovatsion raqamli kredit mahsulotlari - O‘zbekiston" bilan taqdirlandi.
Xalqaro ekspertlar Tenge Bank ATBning raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan hissasini, shuningdek, Tenge Business platformasi orqali masofaviy kreditlashning innovatsion yondashuvini qayd etdilar.
Tenge Business platformasi bankning raqamli transformatsiya strategiyasining asosiy elementiga aylandi. U tadbirkorlarga bir necha daqiqa ichida o‘z mablag‘larini to‘liq masofadan turib boshqarish, hisob-kitob raqamlarini ochish, xalqaro operatsiyalarni amalga oshirish, omonatlarni rasmiylashtirish va mablag‘ olish imkonini beradi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun onlayn kreditlash xizmati bankning xalqaro e’tirofiga asos bo‘ldi. U 300 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlarni garovsiz, 24 yoki 36 oygacha bo‘lgan muddatga, to‘liq onlayn olish imkoniyatini beradi, arizani ko‘rib chiqishning o‘rtacha vaqti 15-20 daqiqa.
Tenge Business raqamli ekotizimiga quyidagilar kiradi: onlayn hisob ochish, valyuta ayirboshlash operatsiyalari, SWIFT o‘tkazmalari, depozitlarni joylashtirish, biznes to‘lovlarini boshqarish, POS terminallarini olish va korporativ kartalarni rasmiylashtirish. Bu platformani mamlakatdagi eng funktsional platformalardan biriga aylantiradi.
"Tenge Bank" ATB uchun xalqaro e’tirof alohida ahamiyatga ega. Ushbu mukofotlar jamoamizning O‘zbekistonda ilg‘or raqamli yechimlarni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli faoliyatini aks ettiradi. Biz moliyaviy xizmatlarni sodda, tez va qulay qiladigan xizmatlarni yaratish orqali innovatsiyalar sohasidagi mavqeimizni yanada mustahkamlaymiz. Mijozlarga ishonch bildirganlari va bankimizni tanlaganlari uchun minnatdorchilik bildiraman," - dedi Tenge Bank ATB boshqaruvi raisi Faleev Beybit Xamitovich.
Bank Tenge Business funksionalini kengaytirish va butun mamlakat bo‘ylab tadbirkorlar uchun moliyaviy xizmatlarning qulayligi va sifatini oshirishga qaratilgan yangi texnologik yechimlarni joriy etish orqali raqamli infratuzilmani rivojlantirishni davom ettiradi.