SHRIFT O'LCHAMI:
A A A
SAYT RANGI:
Ц Ц Ц
Ovozli yordamchi

Matbuot xizmati

23.10.2026

«KZga SWIFTni nollaymiz» aksiyasining boshlanishi to‘g‘risida

Hurmatli mijozlar!

«Tenge Bank» ATBning yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘lgan yangi mijozlar uchun «KZga SWIFTni nollaymiz» aksiyasi boshlanganini ma’lum qiladi.

Aksiya doirasida yangi mijozlarga quyidagi bank xizmatlaridan komissiyasiz foydalanish imkoniyati taqdim etiladi:

  • «Halyk Bank» AJga SWIFT-o‘tkazmalari — barcha turdagi xorijiy valyutalarda;
  • Qozog‘iston Respublikasining boshqa banklari mijozlari foydasiga o‘tkazmalar — Qozog‘iston tengesida.

Aksiyaning amal qilish muddati: 2026-yil 3-noyabrdan 2026-yil 31-dekabrgacha.

Aksiyada ishtirok etish uchun Bank bilan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi Universal shartnomaga qo‘shimcha kelishuv tuzish lozim.

Aksiya muddati tugagandan so‘ng, ko‘rsatilgan bank xizmatlari uchun komissiyalar Bankning amaldagi tariflariga muvofiq undiriladi.

Aksiya qoidalari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun 1245 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.