SHRIFT O'LCHAMI:
A A A
SAYT RANGI:
Ц Ц Ц
Ovozli yordamchi

Matbuot xizmati

11.11.2026

Buxoroda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida zarar ko‘rgan shaxslar uchun kreditlarni restrukturizatsiya qilish to‘g‘risida

Hurmatli mijozlar!

Buxoro shahridagi “Karvon” bozori hududida 2026-yil 3-oktyabr kuni yuz bergan yong‘in oqibatida zarar ko‘rgan jismoniy va yuridik shaxslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida kreditlarni restrukturizatsiya qilish bo‘yicha arizalar qabul qilinmoqda.

Ushbu hodisadan jabrlangan qarz oluvchilar kredit qarzdorligini so‘ndirish shartlarini o‘zgartirish imkoniyatini ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi ariza bilan Bankka murojaat qilishlari mumkin.

Arizalar 2026-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun 1245 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.