Yangilanish sanasi: 05.11.2026, 03:52
Matbuot xizmati
21.10.2026
«11.11 va Black Friday» aksiyasi boshlanishi haqida
Hurmatli mijozlar!
2026-yil 1-noyabrdan «11.11 va Black Friday» aksiyasi boshlanishini ma’lum qilamiz.
«Tenge Bank» ATBning Mastercard kartalari egalari chet elda amalga oshirilgan xaridlar uchun — onlayn va oflayn tarzda — 10% keshbek olishlari mumkin.
Xaridning minimal summasi: 20 AQSh dollari.
Aksiya muddati: 2026-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha (shu kuni ham).
Keshbekning maksimal miqdori bir xarid uchun 50 000 so‘mgacha, aksiya davrida esa bir mijoz uchun jami 150 000 so‘mgacha.
Aksiya qoidalari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun 1245 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.