SHRIFT O'LCHAMI:
A A A
SAYT RANGI:
Ц Ц Ц
Ovozli yordamchi

Matbuot xizmati

15.03.2026

1-apreldan ayrim to‘lovlar faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladi

“Tenge Bank” ATB mijozlarga shuni ma’lum qiladiki, 2026-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasida ayrim xizmatlar bo‘yicha to‘lovlarni faqat naqdsiz shaklda amalga oshirish talabi joriy etiladi.

Mazkur o‘zgarishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Hujjatga muvofiq, quyidagi holatlarda to‘lovlar faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladi:

• davlat xizmatlari uchun to‘lovlar
• kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar
• alkogol va tamaki mahsulotlarini xarid qilish
• avtomobillar va ko‘chmas mulkni sotib olish
• 25 mln so‘mdan ortiq tovarlar xaridi
• qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa operatsiyalar

Mazkur choralar naqdsiz hisob-kitoblardan foydalanishni kengaytirish, moliyaviy operatsiyalar shaffofligini oshirish hamda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan.

To‘lovlarni quyidagi vositalar orqali amalga oshirish mumkin:

• bank kartalari
• mobil bank ilovalari
• bank o‘tkazmalari
• elektron to‘lov tizimlari va terminallar

“Tenge Bank” ATB mijozlari barcha zarur to‘lovlarni Tenge24 mobil ilovasi orqali, shuningdek bank kartalari yordamida qulay va xavfsiz tarzda amalga oshirishlari mumkin.