SHRIFT O'LCHAMI:
A A A
SAYT RANGI:
Ц Ц Ц
Ovozli yordamchi

Matbuot xizmati

17.03.2026

«Parkent» BXM ko‘chirilishi haqida

Hurmatli mijozlar!

«Tenge Bank» ATB xizmatlar sifatini yanada oshirish va filial tarmog‘ini rivojlantirish doirasida «Parkent» bank xizmatlari markazi yangi manzilga ko‘chirilayotganini ma’lum qiladi.

Amaldagi manzil bo‘yicha mijozlarga xizmat ko‘rsatishning oxirgi kuni — 2026-yil 27-mart.

Ko‘chish bilan bog‘liq tashkiliy ishlar davrida mijozlarga xizmat ko‘rsatish vaqtincha quyidagi bo‘linmalarda amalga oshiriladi:

  • «Toshkent» BXM
  • «Beshyog‘och» BXM
  • «WAY II» BXM

Mazkur o‘zgarishlar mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish va qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Ishonchingiz va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Hurmat bilan,
 Tenge Bank