Matbuot xizmati
OneID: Tenge Bankda kredit rasmiylashtirish uchun ma’lumotlarga qanday ruxsat beriladi
Xavfsizlik talablari yangilangani sababli bank tomonidan OneID tizimi orqali ma’lumotlarni olish tartibi o‘zgardi.
Endilikda kredit arizasini rasmiylashtirishni davom ettirish uchun mijoz OneID ilovasida shaxsiy ma’lumotlarga kirish uchun ruxsatni mustaqil ravishda taqdim etishi kerak.
Eng ko‘p beriladigan savollarga javoblarni tayyorladik.
❓ Nega bankka OneID orqali ruxsatingiz kerak
6-fevraldan boshlab ma’lumotlaringizga kirish faqat OneID tizimidagi ruxsatingizdan keyin amalga oshiriladi.
Kredit arizasini ko‘rib chiqishni davom ettirish uchun ilovada ruxsat berish zarur.
Bu shaxsiy ma’lumotlar himoyasini kuchaytirishga qaratilgan majburiy talabdir.
❓ Bu xavfsizmi
Ha. Kirish davlat OneID tizimi orqali taqdim etiladi, bunda:
- Ma’lumotlaringizga kirish bo‘yicha qarorni o‘zingiz qabul qilasiz;
- Ruxsatni istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin;
- Bank ma’lumotlardan faqat arizani rasmiylashtirish uchun foydalanadi.
❓ Bu amaldagi mahsulotlarga ta’sir qiladimi
Yo‘q. O‘zgarish faqat yangi kreditlarni rasmiylashtirishga tegishli.
Barcha amaldagi kreditlar, to‘lovlar va o‘tkazmalar odatdagi tartibda ishlaydi:
- amaldagi kreditlar o‘zgarishsiz qoladi;
- to‘lov va o‘tkazmalar odatdagidek amalga oshiriladi;
- ruxsat faqat yangi arizalar uchun talab etiladi.
❓ OneID tizimida ruxsatni qanday taqdim etish mumkin
Sozlash bir necha daqiqa vaqt oladi:
- OneID ilovasini oching;
- “Ma’lumotlarni boshqarish” bo‘limiga o‘ting;
- Ro‘yxatdan Tenge Bankni toping;
- Ma’lumotlaringizga kirish uchun ruxsat bering.
Ushbu bosqichlarni bajarganingizdan so‘ng kredit arizasini rasmiylashtirishni davom ettirishingiz mumkin.
Ma’lumotlaringiz — o‘z nazoratingiz ostida.
Tenge Bank — xavfsiz raqamli yechimlar tarafdori.